Qoyilmisiz: har qanday iPhone’ni endi Galaxy’ga «aylantirish» mumkin!

  •   DiMaX
  •  1631
  •  09.04.2021 16:03

Qoyilmisiz: har qanday iPhone’ni endi Galaxy’ga «aylantirish» mumkin!

Kuni kecha biz iPhone egalarini Android’ga o‘tishga majbur qilayotgan Xitoy flagmanlari haqida ma’lumot bergan edik. Samsung kompaniyasi Android’lar uchun mo‘ljallangan One UI operatsion tizimining sifatiga shu qadar ishonganidan, uni iPhone egalariga ko‘rsatishga qaror qildi.

O‘QING: Endi har qanday smartfonni atigi 150 dollar evaziga noutbukka aylantirish mumkin! (+video)

Shu maqsadda Samsung mazkur interfeysni iOS’ga o‘tkazuvchi iTest veb-ilovasini taqdim etgan, deb yozadi Daryo nashri.

Buning uchun iPhone’dan Safari brauzeri orqali iTest saytiga kirish yoki QR-kodni skanerlash kerak, sahifa o‘zini yorliq sifatida ish stoliga joylashtirishni taklif qiladi. Shundan so‘ng, Apple smartfoni ekranidagi dasturni ishga tushirish kifoya. Shunda Samsung Galaxy smartfonlari interfeysining to‘liq nusxasi paydo bo‘ladi – kompaniya ishchi ekranlardan, xususan, barcha asosiy mobil dasturlar va operatsion tizimning boshqa elementlaridan nusxa olgan, hatto navigatsiya klavishidan ham.

Dasturdan foydalanish bepul va faqat reklama funksiyasiga ega – u Samsung smartfonlari qanday ko‘rinishga egaligi va qay yo‘sinda ishlashini ko‘rsatadi. Apple ushbu dasturni taqiqlay yoki o‘chirib tashlay olmaydi, chunki u alohida dastur sifatida emas, balki brauzerdagi sahifa sifatida ochiladi.

iPhone’larda Samsung interfeysidan to‘liq foydalanib bo‘lmaydi, chunki barcha funksiyalar ishlamaydi – ular faqat interfeysni ko‘rsatadi.

O‘QING: iPhone egalarini Android-smartfonga o‘tishga undayotgan uchta asosiy sabab

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!