Qoyilmisiz: iPhone tutganlarni ishdan bo‘shatishyapti!

  •   DiMaX
  •  10203
  •  18.09.2020 14:58

Qoyilmisiz: iPhone tutganlarni ishdan bo‘shatishyapti!

AQSh hukumati tomonidan Huawei korporatsiyasiga nisbatan yangi sanksiyalarning qo‘llanilishiga javoban Xitoy kompaniyalari ham ma’lum bir tartiblarni joriy etdilar. Ular vatanparvarlik namoyon etib, o‘z xodimlarini amerikaliklarning mahsulotlaridan foydalanmaslikka chaqirishmoqda.

O‘QING: Bojxonachilar ikki mingta «qalbaki Apple AirPods»ni qo‘lga olib, o‘zlari sharmanda bo‘lishdi!

Jumladan, Jiangsu Capital Wine & Spirits Co. kompaniyasi o‘z xodimlari uchun yangi qoidalar ro‘yxatini e’lon qildi. Bu qoidalar ro‘yxati qisqa va aniq:

  1. Barcha xodimlar iPhone ishlatishni to‘xtatishlari shart;
  2. Endi iPhone sotib olgan har qanday xodim ishdan bo‘shatiladi;
  3. Huawei telefonlaridan xarid qilganlarga kompaniya 15 foizlik kompensatsiya to‘laydi.

Shuningdek, Apple smartfonlaridan tutayotgan xodimlar 30 kun ichida uni istalgan bir xitoylik ishlab chiqaruvchining telefoniga almashtirishlari lozim. Aks holda bunday xodim o‘z vazifasidan ozod qilinadi.

Mydrivers nashrining yozishicha, Jiangsu Capital Wine & Spirits Co. – o‘z xodimlaridan mahalliy ishlab chiqaruvchilar telefonlariga o‘tishni talab etayotgan yagona kompaniya emas. Ayrim hollarda esa ish beruvchilar aynan Huawei smartfonlarini sotib olishga da’vat etishyapti.

O‘QING: O‘z narxini ko‘p yo‘qotmaydigan smartfonlar reytingi: iPhone 11 atigi 9-o‘rinda!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!