Qoyilmisiz: vivo S10 Pro'ning korpusiga rasm chizsa bo‘ladi! (+video)

Qoyilmisiz: vivo S10 Pro'ning korpusiga rasm chizsa bo‘ladi! (+video)

Kuni kecha vivo S10 va S10 Pro smartfonlarining texnik jihatlari TENAA orqali ma’lum bo‘lgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Google Play Console listingi ham qurilmalarning texnik jihatlarini yana bir marta tasdiqlab berdi.

O‘QING: 5 nanometrlik Snapdragon 888 Plus namoyish etildi – flagmanlar uchun eng zo‘r protsessor!

Hammasidan qizig‘i shuki, tarmoqda S10 Pro'ning qoyilmaqom bir jihatini ko‘rsatib bergan video paydo bo‘ldi. Videodagi smartfon jilovlanmas sayqalli ko‘k gradiyent korpusga ega vivo S10 qurilmasi ekani ta’kidlangan. Biroq korpusning juda qiziq xususiyati bor.

Korpusga ultrabinafsha rang tushganda, orqa panel to‘q ko‘k tusga kiradi. Bu esa nur yordamida panelga rasm chizish imkonini beradi. Biroq bu effekt 2–5 daqiqada o‘z kuchini yo‘qotadi.

Videoda holatga qo‘shimcha izoh berilmagan, lekin sarlavhada aytilishicha, smartfon yordamida ultrabinafsha rang intensivligini o‘lchash mumkin.

Google Play Console listingining tasdiqlashicha, smartfon Dimensity 1100 platformasi va odatdagidan kengroq tirqish ichiga joylangan qo‘sh old kamera konfiguratsiyasiga ega bo‘ladi. Smartfonning 12GB operativ xotirali talqini borligi ham tasdiqlangan. Displey 6,4" OLED panel bo‘lib, 90Hz yangilanish chastotasiga ega bo‘ladi.

O‘QING: vivo V20 Pro 5G'ning texnik jihatlari va qadoq tarkibi bilan tanishamiz

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.