Qozog‘istonda geoinformatsion tizimlar markazi ochildi

Qozog‘istonda geoinformatsion tizimlar markazi ochildi

Innovatsion texnologiyalar tabiiy ofatlar bilan kurashishda va hosildorlikni oshirishda yordam beradi. Qozog‘istonda birinchi marta geoinformatsion tizimlar markazi ochildi, deb xabar qiladi khabar.kz sayti.

Bu markazda ma’lumotlar raqamli formatda saqlanadi, markaz xizmatiga tayanib yer yuzining istalgan nuqtasini va tegishli ob’yekt harakatini kuzatish mumkin. Ushbu sohada faoliyat yurituvchi mutaxassislarni Qozog‘iston agrotexnika universiteti yetishtirib beradi.

Geoinformatsion markaz eng zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan. Olimlar, avvalo,  ushbu markazda Qozog‘iston xaritasini yangilashni rejalashtirmoqda, so‘ng esa geodezik tadqiqotlar olib boriladi. Bunday texnologiyalar favqulodda vaziyatlar xizmati va fermerlar ishlarini rejalashtirishlarida yordam beradi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.