Qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi fikr kuchi bilan boshqariluvchi mashina ixtiro qildi

  •   DiMaX
  •  1695
  •  03.05.2018 09:08

Qozog‘istonlik maktab o‘quvchisi fikr kuchi bilan boshqariluvchi mashina ixtiro qildi

Yaqinda qo‘shni Qozog‘istonning Jambul viloyati markazi – Taroz shahrida bolalarning muhandislikka va robototexnikaga qiziqishlarini kuchaytirishga qaratilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy maktab o‘quvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 15 modeldagi robot namoyish etildi, ijodkor bolalar o‘zaro fikr almashishdi.

O‘QING: O‘zbekzabon robot ixtirochisi Olim To‘ychiyev: "Yoshlarimiz orasida fan va texnologiyani ommalashtirish kerak"

Eng qiziqarli ishlardan birini «Bilim-innovatsiya» maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi Qo‘rg‘on Nurjasarov taqdim etdi. U olib kelgan mini-mashina inson miyasining impulslari hisobiga boshqariladi, deb yozadi inform.kz nashri.

«Boshga maxsus qurilma kiyiladi, shu orqali mashinaning harakat kuchi va yo‘nalishini boshqarish mumkin. Bu, masalan, jismoniy imkoniyati cheklangan kishilar uchun juda qulay. Agar kelajakda shunday mashinalar ishlab chiqarishsa, ular o‘z transport vositasiga ega bo‘lishlari va erkin harakatlanishlari mumkin», – deydi loyiha muallifi.

O‘QING: Toshkentda «sun’iy ong» bo‘yicha bolalar uchun Google’ning bepul kursi ochilmoqda

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.