Qrimlik olimlar endi devor ortini ko‘ra oladi

Qrimlik olimlar endi devor ortini ko‘ra oladi

Sevastopolda o‘tkazilayotgan 11-innovatsion texnologiyalar ko‘rgazmasida Qrimlik olimlar devorning orqa tomonini ko‘rish imkonini beruvchi ixtironi namoyishga qo‘ydi. Mazkur skanerlovchi qurilma real vaqt sharoitida 50 metr masofadagi obe’ktni aniqlaydi va uning harakatlarini ko‘rsatib beradi. Ixtiro mualliflarining fikricha, ushbu texnologiya 50 metr uzoqlikdagi barcha jismlarning harakatlarini, hatto biror tabiiy to‘siq yoki devor ortida bo‘lsa-da, skaner qilish imkonini beradi.

Hozirda uskunaning namunasi signallarni qabul qilish va skanerlovchi vositalarga ega xolos. Keyinchalik mutaxassislar uni mobil qurilmalarga, shuningdek planshet va virtual shlemlarga ham o‘rnatishmoqchi. Qolaversa, uskuna uchuvchisiz harakatlanadigan apparatlarni aniqlashi yoki qo‘riqlov qurilmalari, avariya datchiklari o‘rnida ham qo‘llaniladi.

Simferopillik muhandislarning loyihasiga Istiqbolli tadqiqotlar Fondi ham qiziqish bildirgan va loyiha 2016 yilda moliyalashtirilishi, 2017 yildan esa ushbu “devor ortini ko‘rsatadigan qurilma” ishlab chiqarilishi mumkin.

Yana bir gap: mazkur texnologiyaga o‘xshash loyiha joriy yilning avgustida Londondonlik olimlar tomonidan ishlab chiqilgan va Engineering Impact Award mukofotiga loyiq ko‘rilgan edi. Uskuna dopler o‘zgarishlarini va 25 sm qalinlikdagi betonning ortidagi ob’yektlar harakatlarini ko‘rsatib bergandi. Bu ishlanmaga hatto AQSh maxsus xizmatlari qiziqish bildirgan.
terabayt.uz

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!