Qualcomm "5G-smartfon" ishlab chiqaruvchi brendlarni e’lon qildi

Qualcomm

Qualcomm ham bugungi smartfon sanoati rivojidan unumli foydalanib, har yili yangi va kuchli protsessorni rasman taqdim etish an’anasini yo‘lga qo‘ydi. Misol uchun, bu yil ommalashadigan Snapdragon 845 chipining imkoniyatlari xususida yetarlicha ma’lumotga egamiz.

Hozirda esa ishlab chiqaruvchi yangi avlod mobil platformalari ustida ishlamoqda. Kecha tarqalgan xabarlarga ko‘ra, bu chip Snapdragon 850 (X50) deb ataladi 5G aloqa tarmog‘ida ishlashi uning o‘ziga xosligi bo‘ladi.

Mazkur "elektron yurakcha" Snapdragon 845 protsessoridan bir oz takomillashgan bo‘ladi. Samaradorlik masalasida juda katat natija kutish -- xato. Uning eng kuchli tomoni — X50 LTE‑modemi bo‘ladi.

Qualcomm kompaniyasi 5G X50 LTE-modemini 2017 yilning kuzida rasman namoyish qilgan edi. Gigabitli tezlikka ega modem radioto‘lqinning millimetrli diapazonida ishlaydi. Ya’ni, ma’lumotni tezkor yetkazish salohiyatiga ega. Va’dalarga ko‘ra, modem aloqa signali kam joyda ham sifatni ushlab qolishga harakat qiladi.

Yana bir o‘ziga xosligi Snapdragon 850 chipi noutbuklarda ham o‘rnatiladi va tez orada Windows 10 platformasi bilan muvofiqlashtiriladi.

Amerikalik chipmeyker kecha rasman 2019 yilda 5G texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan smartfon brendlarini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, keyingi yilda Snapdragon X50 chipi bilan "qurollangan" smartfonlar Asus, HMD Global (Nokia), HTC, LG, OPPO, Sharp, Sony, Vivo, ZTE hamda Xiaomi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqariladi.

Negadir bu yerda Samsung, Apple hamda Huawei yo‘q. Bundan kelib chiqadiki, bu brendlar 5G texnologiyasini mustaqil rivojlantirmoqdalar va tatbiq qiladilar.

Shu bilan birga, Snapdragon X50 chipi uchun telekommunikatsiya qurilmalari ishlab chiqaradigan kompaniyalar nomi ham aniq: Fujitsu Limited, Fujitsu Connected Technologies Limited, Telit, Sierra Wireless, Wingtech hamda WNC.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!