Qualcomm chipli Redmi K30i – eng arzon 5G-smartfon bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1062
  •  21.04.2020 16:27

Qualcomm chipli Redmi K30i – eng arzon 5G-smartfon bo‘ladi!

Hozirgi kunda 5G-smartfonlar baribir qimmat, hatto Snapdragon 765G chiplilari ham 400-500 dollargacha narxda. Eng kuchli protsessor – Snapdragon 865 bazasiga qurilgan flagmanlarni-ku aytmasa ham bo‘ladi.

O‘QING: Samsung hamyonbop Galaxy A turkumida to‘rtta modelini taqdim etdi – ikkitasi 5G-smartfon!

Hozirda beshinchi avlod uyali aloqa tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi eng arzon smartfon – Redmi K30 o‘tgan yilning dekabrida taqdim etilgan. Snapdragon 765G chipsetli bu qurilmaning narxi Xitoyda 285 dollardan boshlanadi.

Yangi ma’lumotlarga qaraganda, Xiaomi uning «ini»si – yanada arzon Redmi K30i modelini tayyorlayapti. Uning original Redmi K30’dan farqi uncha ko‘p emas, faqat bosh kamerasidagi asosiy – 64 megapiksellik Sony IMX686 datchigi o‘rniga 48 megapiksellik boshqa sensor qo‘llanadi. Biroq eng muhimi – beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llab-quvvatlovchi Snapdragon 765G protsessori o‘z joyida qoladi.

Insayderlarning ta’kidlashicha, Redmi K30i narxi 254 dollardan boshlanadi. To‘g‘ri, 30 dollarlik farq – unchalik ham katta emas, ammo shuning o‘zi bilanoq Redmi brendi Qualcomm protsessorli eng arzon 5G-smartfon borasida o‘z rekordini yangilab qo‘yadi. Afsuski, uning taqdimot vaqti haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

O‘QING: Xiaomi yoki Redmi smartfoningizga MIUI 12 kelishini hoziroq tekshirishingiz mumkin!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!