Qualcomm: Galaxy S10 ham yangi iPhone’lardek qudratli protsessorga ega bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  1406
  •  23.08.2018 19:09

Qualcomm: Galaxy S10 ham yangi iPhone’lardek qudratli protsessorga ega bo‘ladi!

Huawei kompaniyasi yaqinda o‘zining Mate 20 flagmanida ilk bor 7 nanometrlik texnologik jarayonli – Kirin 980 protsessorini qo‘llayotganini ma’lum qilgandi. Bunaqa chip uning ayni damdagi eng ilg‘or protsessori – Kirin 970’dan ikki baravar qudratli bo‘ladi.

O‘QING: Huawei hozirgilaridan naq ikki karra kuchli protsessor tayyorlamoqda!

Qualcomm kompaniyasining ma’lum qilishicha, u Samsung’ning navbatdagi – Galaxy S10 flagmani uchun ham 7 nanometrlik chip tayyorlanmoqda. Snapdragon 855 rusumli mazkur protsessor, chipsozning da’vosiga ko‘ra, bu yil taqdim etiladigan ayfonlardagi Apple A12’dan ham qolishmaydi.

Shuningdek, keyingi yilda taqdim etiladigan OnePlus 7, Pixel 4 va boshqa Android-flagmanlarda ham shu protsessor qo‘llanishini anglash qiyin emas.

O‘QING: Apple baribir iPhone SE 2’ni ham chiqaryapti – jami to‘rtta yangi ayfon!

Qualcomm’ning ta’kidlashicha, 7 nanometrlik Snapdragon 855 protsessori Apple A12 hamda Kirin 980 bilan bemalol bellasha oladi. Shuningdek, mazkur chip Snapdragon X50 5G modemini ham qo‘llab-quvvatlashini hisobga olsak, Galaxy S10 flagmani beshinchi avlod uyali tarmog‘ida ham ishlay olishi oydinlashadi.

Huawei va Qualcomm’dan tashqari, Samsung’ning o‘zi ham 7 nanometrlik Exynos protsessorlari ustida ishlamoqda.

O‘QING: Uch xil talqindagi Galaxy S10’ning asosiy xususiyatlari oshkor bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.