Qualcomm Huawei'ga chip sotishga litsenziya olgani xabar berilmoqda

Qualcomm Huawei'ga chip sotishga litsenziya olgani xabar berilmoqda

Huawei ayni damda o‘zining HiSilicon chiplarini ishlab chiqara olmaydi, shu sababdan Mediatek kabi boshqa ta’minotchilar bilan hamkorlik qilishiga to‘g‘ri keladi.

Ammo bugun Xitoydan xabar berishlaricha, AQShning Qualcomm kompaniyasi Huawei'ni chipsetlar bilan ta’minlash huquqini beruvchi litsenziyani qo‘lga kiritdi. Bu esa Huawei oldidagi tanlovlar sonini oshiradi, albatta.

Xabarda aytilishicha, Qualcomm Honor sub-brendi smartfonlaridan boshqa smartfonlar uchun Huawei'ning talabini ta’minlab bera oladi, sababi dunyoning ikkinchi eng yirik smartfon ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bo‘lgan Huawei Qualcomm'ning rejalarida yo‘q edi.

O‘QING: 8 soniyada 15 mln dollar – Huawei Mate 40 yutug‘i dronlar yordamida tarixga muhrlandi