Qualcomm kelajak flagmanlarining protsessori taqdimotini e’lon qildi

  •   DiMaX
  •  700
  •  06.10.2020 18:04

Qualcomm kelajak flagmanlarining protsessori taqdimotini e’lon qildi

Snapdragon 875 protsessorining ayrim xususiyatlarini biz may oyining boshidayoq e’lon qilgan edik. Endi esa Qualcomm kompaniyasi uning rasmiy taqdimot kunini ham aytdi.

O‘QING: Xiaomi hali chiqmagan Snapdragon 875 bazasida allaqachon Mi 11 hamda Redmi K40 smartfonlarini tayyorlayapti!

Amerikalik chipsoz Tech Summit 2020 yillik takdimot tadbirining taklifnomasini tarqatdi. Quyidagi rasmiy taklifnomaga ko‘ra, bu galgi marosim 1–5 dekabr kunlari, Gavay orollarida onlayn tarzda o‘tkaziladi.

To‘g‘ri, taklifnomada Snapdragon 875 chipseti tilga olinmagan, ammo marosimning asosiy qahramoni shu protsessor bo‘lishi aniq. Qualcomm uni 5 nanometrlik texnologik jarayon asosida ishlab chiqqan va ikki versiyada taqdim etishi kerak. Uning hisoblash yadrolari Kryo 685 rusumli bo‘lib, yana yangilangan videotezlatgich, mmWave hamda sub-6, Wi-Fi 6 tarmoqlarini qo‘llovchi X60 rusumli 5G-modemni ham o‘z ichiga oladi. Chipset jamlanmasiga suratlarni qayta ishlovchi Spectra 580 moduli, Qualcomm SPU250 xavfsizlik protsessori kabilar kiradi.

Flagman chipsetdan tashqari, Qualcomm Tech Summit 2020 tadbirida Snapdragon 775G protsessorining ham namoyishi kutilmoqda. Shuningdek, kompaniya Windows 10 boshqaruvi ostida ishlovchi noutbuklar uchun yangi chipsetlarini ham taqdim etishi mumkin.

O‘QING: Qarshi oling: Geekbench servisida tezkorlik bo‘yicha yangi qirol!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!