Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 6 Gen1 chipini taqdim etadi

Qualcomm kompaniyasi Snapdragon 6 Gen1 chipini taqdim etadi

Qualcomm kompaniyasi shu kungacha to‘rt nanometrli jarayon asosida yaratilgan Snapdragon 8 Gen1, Snapdragon 8+ Gen1 va Snapdragon 7 Gen1 chiplarini taqdim etgan edi. 

Insayder Evan Bless bergan ma’lumotlariga ko‘ra, Qualcomm endi Snapdragon 6 seriyasida Snapdragon 6 Gen1 chipini taqdim etadi. 

Insayder Snapdragon 6 Gen1 chipining to‘liq texnik ko‘rsatkichlarini oshkor qildi. SM6450 model raqamli ushbu chip 4nm jarayon asosida yaratiladi. U 5G tarmog‘i va Qualcomm'ning Quick Charge 4+ texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi.

Snapdragon 6 Gen1 chipi 2.2 gigagertsli protsessorga ega, ammo unda nechta yadro borligi aniq emas. Chip 120 gerts, Full HD+ rezolyusiyadagi displey hamda 108MP kameralarini qo‘llab-quvvatlay oladi. 

Ushbu chipiga ega smartfonlar esa 4K HDR videolarni 30 ta kadrda, sekinlashtiruvchi videolarni esa 240 ta kadrda olishi mumkin. 

Qualcomm kompaniyasi esa Snapdragon 6 Gen1 chipi to‘grisida hech qanday ma’lumot bermadi. Taxminanlarga ko‘ra, ushbu chip bu yilgi Snapdragon Summit tadbirida 8 Gen2 flagman chipseti bilan birga taqdim etiladi. Taqdimot Gavayida 15-17 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 

O‘QING: Kuzning birinchi kunida yangi smartfon taqdim etiladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!