Qualcomm: «Mana shu smartfonlar Snapdragon 865 chipiga aniq ega bo‘ladi!»

  •   DiMaX
  •  937
  •  26.02.2020 14:09

Qualcomm: «Mana shu smartfonlar Snapdragon 865 chipiga aniq ega bo‘ladi!»

O‘tgan yilning oxirida Qualcomm kompaniyasi o‘zining eng ilg‘or Snapdragon 865 protsessorini taqdim etgandi. Endi esa u mazkur chipset bazasida ishlab chiqarilishi aniq bo‘lgan smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi.

O‘QING: Samsung oxiri raqibiga tan berib, bu biznesdan chiqib ketyapti!

Qualcomm’ning flagman protsessorini tanlagan kompaniyalar – Asus, Black Shark, Fujitsu Connected Technologies Limited, iQOO, Lenovo, Nubia, Oppo, Realme, Redmi, Samsung Electronics, Sharp, Sony, Vivo, Xiaomi hamda ZTE bo‘ladi.

Birinchilar qatorida Snapdragon 865 bilan taqdim etiladigan (shuningdek, allaqachon namoyish qilingan) smartfonlar ro‘yxati esa quyidagicha:

  1. Black Shark 3
  2. FCNT arrows 5G
  3. iQOO 3
  4. Legion Gaming Phone
  5. Nubia Red Magic 5G
  6. OPPO Find X2
  7. realme X50 Pro
  8. Redmi K30 Pro
  9. ROG Phone 3
  10. Samsung Galaxy S20, S20+ va S20 Ultra
  11. Sharp AQUOS R5G
  12. Sony Xperia 1 II
  13. vivo APEX 2020 Concept Phone
  14. Xiaomi Mi 10 va Mi 10 Pro
  15. ZenFone 7
  16. ZTE Axon 10s Pro

Qizig‘i – mazkur ro‘yxatga OnePlus 8, Motorola Edge+ hamda LG V60 ThinQ flagmanlari kiritilmagan – ehtimol, ular sal keyinroq, ikkinchi to‘lqinda chiqadigan modellardan bo‘lsa kerak.

Umuman olganda, Snapdragon 865 asosida yetmishdan ortiq, umuman Snapdragon 800-seriyali protsessorlar bazasida esa 1750 dan oshiq model taqdim etilishi ham aytilgan.

O‘QING: JIDDIY JANG: Snapdragon 865 vs Apple A13 Bionic! (+«jonli» video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!