Qualcomm’ning «ishtahasi ochildi» – u endi iPhone XS, XS Max va iPhone XR savdosini ham to‘xtatmoqchi!

  •   DiMaX
  •  1062
  •  14.12.2018 13:15

Qualcomm’ning «ishtahasi ochildi» – u endi iPhone XS, XS Max va iPhone XR savdosini ham to‘xtatmoqchi!

Fuchjou shahridagi xalq sudi qaroriga ko‘ra, endi Xitoy hududiga kupertinolik gigantning ayrim rusumlardagi smartfonlarini olib kirish va sotish taqiqlandi. Bular – iPhone 6s, iPhone 6s Plus, iPhone 7, iPhone 7 Plus, iPhone 8, iPhone 8 Plus hamda iPhone X qurilmalaridir.

O‘QING: Xitoyda iPhone sotilmaydigan bo‘ldi – Qualcomm bunga erishdi!

Qualcomm bu yutug‘idan ruhlanib ketganmi, u Xitoy sudlariga yana murojaat etdi. U mazkur mamlakatda kupertinolik korporatsiyaning bu yilgi ayfonlari – iPhone XS, XS Max hamda iPhone XR modellarining savdosi ham to‘xtatilishini talab etmoqda.

Aytish kerakki, bulardan oldingi modellarga mansub ayfonlarda Qualcomm kompaniyasiga tegishli patent huquqlari buzilgan. Apple ta’kidlashicha, iOS 12 tizimida bular tuzatilgan, shu bois ham o‘z smartfonlarini Xitoyda sotishda davom etmoqda. Ammo Qualcomm advokatining Financial Times nashriga ma’lum qilishicha, kompaniya bunga qo‘shilmaydi. Chipsozning arizalari hozirda Pekin, Sindao va Guanchjou sudlarida ko‘rib chiqilmoqda.

Financial Times nashrining ta’kidlashicha, sud qarorida iOS’ning biror versiyasi ko‘rsatilgan emas. «Biz uchta yangi iPhone modeliga qarshi da’voda ham ayni o‘sha patentlarni qo‘llashni rejalashtirmoqdamiz», – deydi Qualcomm manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Szyan Xongi.

Ammo kupertinolik texnogigant mahsulotlarining savdosi o‘z maromida ketmoqda, jumladan – O‘zbekistonda ham. Jumladan, Terashop.uz internet-do‘konimizda uning bir necha rusumlardagi smartfonlari, planshetlari hamda «aqlli» soatlari tegishli kafolati bilan sotuvga qo‘yilgan.

O‘QING: iPhone’larning Terashop.uz’dagi chegirmali narxlari (2018 yil 8 dekabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!