Qualcomm’ning «musiqiy» taqdimoti: keyingi haftada u nimani ko‘rsatmoqchi?

  •   DiMaX
  •  235
  •  15.03.2019 13:15

Qualcomm’ning «musiqiy» taqdimoti: keyingi haftada u nimani ko‘rsatmoqchi?

Asosan smartfonlar uchun protsessorlar va modemlar ishlab chiqarilishi bilan tanilgan Qualcomm o‘zining Twitter-sahifasida antiqa anons e’lon qildi. Unga ko‘ra, kompaniya keyingi haftaning seshanbasida qanaqadir yangi mahsulotini namoyish etadi.

O‘QING: Qualcomm ikkinchi avlod 5G-modemi – soniyasiga 7 gigabit ma’lumot almashuvchi Snapdragon X55’ni taqdim etdi!

Qizig‘i shundaki, amerikalik chipsoz bu gal smartfonlar uchun biror protsessor ham, modem ham taqdim etmoqchi emas. Tizerga ko‘ra, uning 19 mart kuni namoyish qilinadigan mahsuloti musiqa yoki tovush bilan bog‘liq.

Ehtimol, bu smartfonlarda qo‘llanishga mo‘ljallangan qanaqadir audiochip yoki ovoz bilan aloqador yangi texnologiya bo‘lib chiqar. Aytish kerakki, o‘tgan yilning yozida mazkur kompaniya Qualcomm QCC3026 mikrosxemasini taqdim etgan va u Oppo O-Free simsiz quloqchinining asosini tashkil qilgan edi.

O‘QING: Xitoyda iPhone sotilmaydigan bo‘ldi – Qualcomm bunga erishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!