Qualcomm o‘rta toifadagi smartfonlar uchun kuchli protsessor yaratdi

  •   Saroy
  •  895
  •  10.08.2018 10:17

Qualcomm o‘rta toifadagi smartfonlar uchun kuchli protsessor yaratdi

Qualcomm kompaniyasi o‘rta sinf smartfonlari uchun yangi protsessorini namoyish qildi. Snapdragon 670 chipseti eng ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlangan va endi u bir qator imkoniyatlarga ega, jumladan sun’iy intellekt bazasidagi texnologiya bilan ham.

Snapdragon 670 platformasi asosida — protsessor Kryo 360 joylashtirilgan. Unda 2 GGs gacha chastota bilan  ikkita yuqori ish samaradorligiga ega yadro mavjud, shuningdek 1,7 GGs chastotali oltita energiyatejamkorlikka ega yadroni ham esdan chiqarmoslik lozim.   Kompaniyaning ta’kidlashicha,  ushbu Kryo versiyasi ish samaradorligini bundan avvalgi protsessorlar bilan taqqoslaganda 15 foizga oshiradi. Chipda Adreno 615 grafikasidan foydalaniladi.

O‘QING:Meizu 16X: endi Qualcomm Snapdragon 710 protsessorida ishlaydi

Snapdragon 670 600-chi lineykaning ilk platformasi bo‘ldi. Unda   Qualcomm Spectra 250 tasvirni qayta ishlash protsessori bor. Bu texnologiya aksariyat zamonaviy fnksiyalarni o‘zida jamlagan. Masalan, shovqin qaytargich, tasvirni barqarorlashtirish funksiyalari shular jumlasidandir.  

Shuningdek, foydalanuvchilar Ultra HD Video Capture texnologiyasidan foydalanib video yozib olish mumkin. Ushbu texnologiya avvalgisiga qaraganda 30 foiz kam energiyani iste’mol qiladi. Qualcomm Spectra 250 25-megapikselli bittalik yoki 16-megapikselli ikkitalik modulli kameraga ega.

Snapdragon 670 LTE-modem X12 bilan ta’minlangan, chiqayotgan kanalda 600 Mbit/s va 150 Mbit/s gacha tezlikdagi yuklashni qo‘llab quvvatlaydi. U ayni paytda qaysi tarmoqda ma’lumot uzatish tezligi va signallarning sifati yuqori bo‘lishiga qaramay avtomatik tarzda LTE dan Wi-Fi ga qo‘shiladi.  

O‘QING:«Vaqti keldi»: Qualcomm smart-soatlar protsessorining ikkinchi avlodini taqdim etyapti!

Snapdragon 670’ da o‘sha signallarni qayta ishlovchi Qualcomm Hexagon 685 protsessori qo‘llaniladi, chunki u  mobil platformalarda anchayin yuqori toifa sanaladi. Qolaversa u hor doim qo‘shilgan holatda turadi va datchiklarni boshqarishda samarali yordam beradi. Chipga uchinchi avlod AI Engine integratsiya qilingan bo‘lib, u II-ilovasining ish samaradorligini avvalgi avlod mobil platformasiga qaraganda 1,8 marotaba oshiradi.

Qualcomm Snapdragon 670 mobil platformasi hozir bozorga chiqarilgan. Uning asosidagi qurilma esa sotuvga 2018 yilning oxirlarida paydo bo‘ladi.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.