Qualcomm smartfonlar uchun dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi (+video)

  •   DiMaX
  •  1090
  •  17.10.2017 16:02

Qualcomm smartfonlar uchun dunyodagi ilk 5G-modemni taqdim etdi (+video)

Ilg‘or protsessorlari bilan mashhur Qualcomm kompaniyasi dunyodagi ilk mobil 5G-modem – Snapdragon X50 modelini taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bu – 5G tarmoqlarida ishlaydigan kelajak smartfonlari uchun tayyorlangan ilk modemdir.

Allaqachon ayrim mamlakatlarda 5G texnologiyasi ishlamoqda, ammo hozircha uni  faqat yirik va o‘rta kompaniyalar tezkor aloqa uchun modem tarzida, shuningdek, bankomat va boshqa ommaviy foydalanish elektron qurilmalarida qo‘llanmoqda. Qualcomm’ning ushbu ishlanmasi chiqquniga qadar, chindan ham dunyoda smartfonlar uchun birorta ham 5G-modem yo‘q edi.

Qualcomm Snapdragon X50 5G-modemi soniyasiga 1 gigabit tezlikni ta’minlaydi hamda 28 GGs chastotali mmWave tizimida ulanadi. Uni 5G aloqa standartini qo‘llab-quvvatlovchi kelajak smartfonlarida qo‘llash rejalashtirilgan. Masalan, Qualcomm’ning o‘zi quyidagicha 5G-smartfon dizaynini taklif etgan:

Yangi avlod aloqa tarmog‘ida ishlovchi smartfonlar ham, Snapdragon X50 5G-modemi ham 2019 yilning birinchi-ikkinchi choragida chiqishi kutilayotir.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!