Qualcomm Snapdragon 820: kelajak protsessori

Qualcomm Snapdragon 820: kelajak protsessori

Ko‘p mish-mishlardan so‘ng, Qualcomm o‘zining top protsessori Snapdragon 820 ni rasman taqdim etdi. Chipda eng so‘nggi texnologiyalar yig‘ilgan (boshqacha bo‘lishi mumkinmi?!): 14 nanometrli texnojarayonlar asosida qurilgan Kryo yadrosi, LTE X12, super-grafika va boshqalar. Qanday ishlaydi, qizib ketmaydimi, degan savollarga quyida javob topamiz.

Son yoki sifat?
Qualcomm o‘zining Snapdragon 810 protsessori bilan barcha omadsiz tajribalarga barham berdi. Mazkur chip 20-nanometrli texnojarayonlar asosida yig‘ilgan bo‘lsa-da, issiqlik ajralishi optimal ko‘rsatgichga yetmagandi.

Yangi Snapdragon 820 esa to‘rt yadroli, biroq 14-nanometrli texnojarayonlar (Samsung kompaniyasining Galaxy S6, Note 5 smartfonlarida mavjud), eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida qurilgan.

Apple`da atigi ikki yadroli, biroq samaradorlikka hech qanday e’tiroz yo‘q. Ko‘ramiz, Qualcomm qanday ekan.

Issiqlik ajratish Qualcomm uchun bosh muammo emasdi va shu sababli, yangi 820 bilan qizib ketishdan chekinildi.

Yana bir gap: yangi grafik protsessor Adreno 530 40% foiz samaradorlikka ega, ham tejamkor. Shunday ekan o‘yinlar, tasvirga tushirish va video tomosha qilishda muammolar yo‘q.

Chip qurilishida alohida DSP (signal protsessor) Hexagon 680 va Snapdragon Sensor Core qatnashgan va u kam unumdorlik sharoitida doimiy faollik (qo‘ng‘iroqlar, eslatmalar, GPS va hakazo)ni ta’minlaydi.

Qualcomm doim qiziqarli texnologiyalari bilan e’tiborga tushadi. Bu safar ham an’anadan chekinmadi.

Bu yilgi Snapdragon 820 protsessori taqdimotidagi ayrim diqqatga sazovor jihatlar e’tibor qaratamiz.

1. Quick Charge 3.0. tezkor quvvatlash

Akkumulyator quvvati 2750 mAs bo‘lsa, 35 daqiqada 0 dan 80% foizga yetkaza oladi! Sizning iPhone 6 Plus smartfoningiza bu ko‘rsatgich qanday?

2. LTE X12 va Wi-Fi Calling

LTE cat.12 – dunyodgi eng tezkor yuklab olish qurilmasi, ya’ni yuklab olish tezligi soniyasiga 600 Mbit (hozirgi LTE Cat.9 da 300 Mbit/s). Bu filmlarni sezilarli tezlikda ko‘chirish imkonini beradi.

3. Grafik tizim o‘yin vaqtida yorug‘lik ta’minotiga mas’ul. Avvalgi protsessorda bunday kuch yetarli emasdi. Qorong‘u sharoitda o‘yin o‘ynalsa, nafaqat undagi asosiy tasvirlar, balki soyadagilarini ham ko‘rish mumkin.

Mana sizga protsessor! Xohlang, ishlating, marhamat!
Mazkur protsessorlarni smartfonlarda qo‘llash kompaniyalarning xohishi va moliyaviy imkoniyatlariga bog‘liq. Masalan, Samsung bunday texnologiyani rivojlantirishga o‘zi sarmoya tikmoqda va balki Galaxy S7 tunda sifatli tasvir oladigan, 35 daqiqada energiya bilan to‘yinadigan, LTE Cat 12 da ishlaydigan va antennasi har qanday sharoitda yaxshi signal tuta oladigan bo‘lar?!

Hamma narsa bo‘lishi mumkin. Biroq qo‘shimcha texnologiyalarni joriy qilish katta mablag‘larni talab etadi. Chunki flagmen faqat tilla rangi bilan “qimmatbaho” bo‘lib qolmaydi. Shuning uchun Qualcomm protsessorining hozirgi imkoniyatlariga ham qarsak chalsa, arziydi. Simsiz, va boz ustiga tez quvvatlanish imkoni foydalanuvchilar uchun muhim yangilik. Shu jihatdan Quick Charge 3.0 kelajak smartfonlari uchun.

“Ketmon ucharmikan” ?!
Snapdragon 820 ning yangi grafik chipi ham juda yaxshi. Protsessorning tezkor quvvatlash tizimi yanada tezlashgan. Agar unga energiya tejamkorlik tizimi biriktirilsa, kompaniyalar chippa yopishish aniq. Chunki bu uzoq va bexavotir ishlash imkonini beradi. Mana, Samsung bu borada ma’lum tajribaga ega. 14-nanometrli texnojarayonlar amaliyoti Galaxy S6 va Note 5 da qo‘llanilgan. Unumli va uzoq ishlaydi. Biroq tinib-tinchimas koreys brendi Galaxy S7 smartfonida 820 ni qo‘llashni rejalashtirmoqda. Ana sizga natija!

Xulosa

Qaerdan sotib olish mumkin?

 Afzalligi

 Kamchiligi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.