Qualcomm so‘n’iy ong bilan ta’minlangan chiplarini namoyish etdi

  •   Saroy
  •  841
  •  27.06.2018 14:53

Qualcomm so‘n’iy ong bilan ta’minlangan chiplarini namoyish etdi

Sun’iy ong texnologiyasi  Qualcomm’ning so‘nggi protsessorlarigacha yetib keldi. Yaqinda kompaniya Snapdragon 632, 439 va 429 mobil platformalarini namoyish etdi, bu ushbu chiplarning ishlash samaradorligi oshirilgani bilan  birga, sun’iy ong bilan qo‘llab quvvatlanganini ham bildiradi. Undan suratga olish sifatini oshirish va boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalanishi mumkin.

Qualcomm Snapdragon 632 chipi  1.8 GGs chastotada va grafikasi Adreno 506 bo‘lgan sakkiz yadroli Kryo 250 (to‘rttasi kuchli va to‘rttasi quvvat  samaradorligiga ega) bilan ta’minlanadi. Chip Snapdragon 626 bilan taqqoslaganda 40 foizga kuchliroq, aslida uni Snapdragon 630 bilan taqqoslash mantiqliroq bo‘lgan bo‘lardi. Qurilma formati Full HD+, 24-megapikselli kamera va  13+13 megapikselli ikkitalik modul bilan jihozlangan displeyga egaligi haqida ham ma’lum qilindi.  4G-modem X9 formati tarmoqlarda chastota agregatsiyali LTE Advanced’da ishlaydi .

O‘QING: Kuchaytirilgan Moto Z3 Play sotuvga chiqdi

Yangi  SoC «to‘rtyuzinchi» lineykasi yanada zamonaviy texprotsessda  FinFET tranzistori bilan  ishlab chiqariladi. Garchi tafsiloti hali ma’lum bo‘lmasa-da, katta ehtimol bilan gap,  16 yoki 14 nanometrli me’yorda ketmoqda.   Snapdragon 439 va 429 ‘ning quvvat samaradorligi 28-nanometrli Snapdragon 435 va 425 bilan solishtirganda  25 foizga ortgan, qolaversa u avvalgi  Modem — Snapdragon X6 LTE’ga qaraganda 25 foizga kuchliroq.

Katta Snapdragon 439  1.95 GGs chastotali, to‘rtta tezkor ARM Cortex-A53  yadrosiga ega va  to‘rtta  «kichik» yadrolisi esa 1.45 GGs bo‘ladi.  Adreno 505 tezlashtirgichi evaziga grafikani qayta ishlashda ish samaradorligi  20 foizga ortgan. Ushbu chipsetlar bazasidagi smartfonlar cho‘zilgan Full HD+ displeyi bilan jihozlanadi, qolaversa displeyda 21-megapikselli  yoki ikki tizimidagi 8+8 megapikselli kamera bo‘lishi ham mumkin.

O‘QING: Meizu X8 endi Snapdragon 710 bilan ta’minlandi

Yanada oddiy Snapdragon 429 faqat to‘rtta Cortex-A53  (1.95 GGs) yadro bilan qanoatlanadi,  GPU Adreno 504  esa 50 foizga kuchli SD425 grafikasiga ega bo‘ladi. Displey  HD+ hamda 16 megapikselgacha (yoki 8+8 MP) kamera bilan ta’minlanadi.

Yangi Qualcomm platformasidagi ilk qurilmalar 2018 yilning ikkinchi yarmida paydo bo‘lishi kutilmoqda.

O‘QING: Foydalanuvchini qanoatlantirgan smartfonlar reytingida Apple'ga o‘rin tegmadi

 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!