Qualcomm tarixdagi eng qudratli protsessorini taqdim etdi, lekin u smartfonlar uchun emas!

  •   DiMaX
  •  1124
  •  07.12.2018 15:24

Qualcomm tarixdagi eng qudratli protsessorini taqdim etdi, lekin u smartfonlar uchun emas!

Amerikalik chipsoz kuni kecha flagman smartfonlar uchun o‘zining Snapdragon 855 chipini taqdim etgan va u benchmarkda rekord qo‘ygan edi. Allaqachon ushbu protsessor o‘rnatilgan ilk flagman ham e’lon qilindi...

O‘QING: SYuRPRIZ: Mi Mix 3 taqdimotida Xiaomi aytmagan yoqimli sir fosh bo‘ldi!

Endi esa Qualcomm kompaniyasi undan ham kuchli Snapdragon 8cx chipini rasman namoyish qildi. Ammo bu chipset smartfonlarda emas, balki noutbuklar va planshetlarda qo‘llashga mo‘ljallangan. Bu protsessor Microsoft va Qualcomm kompaniyalarining ko‘p yillik hamkorligi samarasidir. Bu ikki gigant Windows tizimini ARM-protsessorlarga moslab optimizatsiyalash ustida ish olib bormoqdalar; bu sheriklik Intel protsessorlarini siqib chiqarishi ham mumkin.

Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, Qualcomm Snapdragon 8cx – kompyuterlar uchun 7 nanometrlik tex-jarayon asosida ishlab chiqilgan ilk ARM-protsessor hisoblanadi. Energiya tejamkorligi bois, unga asoslangan qurilmalar batareyaning bitta to‘la quvvati bilan ikki kungacha ishlay oladi, demoqda amerikalik chipsoz.

O‘QING: Microsoft o‘zining Surface Go plansheti reklamasida Apple iPad’ni masxara qildi! (+video)

Qualcomm’ning Snapdragon 8cx chipi ham xuddi o‘sha Snapdragon 855 singari 7 nanometrlik texnologik jarayon asosida tayyorlangan. Uyam xuddi shunday sakkizta asosiy (to‘rtta A76, to‘rtta A55) yadroga ega, ammo bu ikki chipning boshqa o‘xshash tomoni yo‘q. Yangi mikrosxema 16 gigabaytgacha hajmli tezkor xotira bilan hamkorlikda ishlay oladi. Shuningdek, u NVMe hamda UFS3.0 turlariga mansub saqlagichlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

Bulardan tashqari, Snapdragon 8cx chipi o‘ta yuqori samaradorlikka ega bo‘lib, Intel chiplariga munosib raqib hisoblanadi. Masalan, Qualcomm ta’kidlashicha, Snapdragon 8cx taxminan 7 vattlik quvvat sarfida Intel’ning U turkumi protsessorlaridan ikki karra, ventilyatorsiz Y-seriya chiplaridan esa to‘rt karra yuksak samaradorlikka ega. Yangi chipdagi GPU (grafik chip) esa Snapdragon 845 samaradorligidan ikki karra kuchli.

Snapdragon 8cx protsessorli ilk qurilmalar 2019 yilning ikkinchi yarmida bozorga taqdim etilishi kutilmoqda. Ungacha esa Terashop.uz internet-do‘konimizda turli planshetlarni 1 039 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda sotib olish, noutbuklarni esa 2 099 000 so‘mdan boshlangan narxlarda xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Terashop.uz’da 2 099 000 so‘mdan boshlanuvchi noutbuklar narxlari (2018 yil 23 noyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul eltib beriladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!