Qudratli MSI kompyuterlari: o‘yinlar va devorda san’at yaratish uchun

  •   Saroy
  •  1270
  •  09.10.2018 15:03

Qudratli MSI kompyuterlari: o‘yinlar va devorda san’at yaratish uchun

Kuni kecha «IgroMir» (o‘yinlar dunyosi) va ComicCon Russia 2018 xalqaro ko‘rgazmasi o‘z nihoyasiga yetdi. An’naga ko‘ra tadbirda birinchi navbatda geymerlar uchun eng yangi va zo‘r uskunalar namoyish qilindi. Aytish joizki, bu galgi ko‘rgazmada MSI kompaniyasi o‘zining kompyuterlari va noutbuklari bilan boshqalardan ajralib turdi. Umuman,  ko‘rgazmada yuqori texnologiyalarning turli yo‘nalishlarida faoliyat olib borayotgan ko‘plab kompaniyalar ishtirok etdi.

Masalan, Intel stendida mehmonlar Intel Core i9-8950HK — MSI GT75 Titan 8RG protsessori bazasida ishlaydigan dunyodagi ilk  o‘yin noutbukini qo‘liga olib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.  Noutbukda  NVIDIA GeForce GTX 1080 videokartasi va 4K IPS panel, shuningdek o‘yin nautbuklari orasida birinchi bo‘lib  Cherry MX qo‘shgichi bilan pastprofilli mexanik klaviaturada ishlaydigan qurilmalar ham qo‘yilgan. U har tomondan qaraganda ham  zamonaviy va bejirim ko‘rinadi.

O‘QING:ASUS va MSI'da muammo: o‘yin noutbuklari xaridorlarini yo‘qotmoqda

Blizzard MSI  70 ta kompyuter, o‘yin hududlari va  strimer bokslarini namoyish qildi. Qolaversa, ishlash samaradorligi yuqori bo‘lgan kompyuterlar, Thermaltake kompaniyasi tomonidan yaratilgan Hi-End ehtiyot qismari, uskunalari ham tomoshabinlarning e’tiborini o‘ziga tortdi.

O‘QING:Lenovo o‘ta kuchli o‘yin noutbuklarini taqdim etmoqda

ComicCon 2018 zallarida  MSI uskunalari  Wacom stentlarida ishlatilmoqda. Xohlovchilar MSI kompaniyasining Prestige seriyasidagi kompyuterlarida ishlab ko‘rishi ham mumkin bo‘ldi. PS42 Modern va P65 Creator versiyalari raqamli kontent yaratuvchilar va biznes foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ular chiroyli, yengil va shu bilan birga kuchli noutbuklar, deyilmoqda. Foydalanuvchilarga o‘z kuchlarini ijodiy konkursda sinab ko‘rish  taklif etildi. MSI noutbuki yordamida esa rasm chizish va Wacom planshetida o‘z qahramonlarini yaratish imkoniyati berildi.

O‘QING:Gigabyte noutbuklari geymerlarda katta qiziqish uyg‘otdi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!