Quick Charge 4.0+ texnologiyasi smartfonlarda joriy qilinmoqda

Quick Charge 4.0+ texnologiyasi smartfonlarda joriy qilinmoqda

Joriy yilning iyunida Qualcomm kompaniyasi elektron devayslarni tezkor quvvatlantirishga mo‘ljallangan Quick Charge 4.0+ texnologisini taqdim qilgan edi. Mazkur innovatsion jihat ilk marotaba Nubia Z17 flagmanida qo‘llanilgan.

O‘qing: ZTE’dan jiddiy flagman: Nubia Z17 taqdim qilindi

Biroq, hozirgacha bozorda bu funksiyani qo‘llab-quvvatlaydigan maxsus quvvatlash qurilmasi bo‘lmagani bois, biror foydalanuvchi bu texnologiyadan foydalana olmayotgan edi. Qaysidir sabab bilan chipmeyker hozirga qadar bunday qurilmalarni sotuvga chiqargani yo‘q edi. Shu kunlarda esa vaziyat bir oz o‘zgardi. Nihoyat, Quick Charge 4.0+ funksiyasi tatbiq qilingan ilk qurilmalar sotuvga chiqarilmoqda.

Qualcomm texnologiyasi uchun maxsus ishlanma Ever Win International Corp. tomonidan tayyorlangan va bu quvvatlash uskunasining quvvatlash kuchi 27 vattni tashkil qiladi. Yaxshi bilasiz, bugungi an’anaviy zaryadlash qurilmalarining kuchi 5V/3A, 9V/3A, 11V/2.4A, 12V/2.25A standartida bo‘ladi.

Quick Charge 4.0+ texnologiyasining smartfonni quvvatlash salohiyati avvalgi avlod tezkor quvvatlash texnologiyasidan 15 foizga oshgan. Misol uchun, elektr toki sig‘imi 3200 mA soat bo‘lgan akkumultor quvvatini 25 daqiqa ichida 50% ga to‘ldirish mumkin.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.