Quloqchinning «dodasi» chiqdi – naq 67 655 dollarlik!

  •   DiMaX
  •  1850
  •  13.11.2019 17:06

Quloqchinning «dodasi» chiqdi – naq 67 655 dollarlik!

 iPhone 11, iPhone 11 Pro hamda iPhone 11 Pro Max smartfonlari yuqori sifatidan tashqari, baland narxga ham ega. Shunga qaramasdan, butun dunyoda ularga talab katta, O‘zbekistonda ham sotib olish mumkin. Lekin shunaqalari borki...

O‘QING: 2 000 dollarlik iPhone qimmat, deysizmi? 71 520 dollarligi chiqdi! (+video)

Xullasi kalom, turli gadjetlar va aksessuarlarning lyuks-versiyalarini chiqaruvchi Caviar kompaniyasi yana bir ishga qo‘l urdi. Ya’ni, Apple yaqinda taqdim etgan butkul simsiz AirPods Pro quloqchinining bir necha variantlardagi qimmatbaho talqinlarini namoyish qildi.

Ularning eng zo‘ri yagona nusxada ishlab chiqarilgan – quloqchinning ham, g‘ilofining ham korpusi 750 probalik quyma oltindan ishlangan! Narxi esa undan ham zo‘r – 4 320 000 rublga teng bo‘lib, rasmiy kurs bo‘yicha bu 67 655,52 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi!

Modifikatsiyalangan bu AirPods Pro, metalldan qilingani uchun originalidan og‘irroq. Lekin ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, «zargarlik san’atining haqiqiy asarlari yoqimli vazminligi bilan ajralib turadi, bu esa taqinchoqning qimmatbaho ekanini ta’kidlaydi».

O‘QING: Ikki ming dollarlik smartfon nimasi!? Sony’ning yangi SIMLI quloqchini shuncha turadi-yu...

Oltin korpusli Caviar AirPods Gold Edition variantidan tashqari, kompaniya yana korpusi har xil rangdagi AirPods Pro versiyalarini ham taklif etadi. Ularning g‘iloflari alligator (timsohning bir turi) hamda piton (yirik bo‘g‘ma ilon) terisi bilan qoplangan. Bu versiyalardagi quloqchinlarning narxlari «atigi» 64 000 – 99 000 rubl (1 002,3 – 1 550,44 dollar) orasida.

Terashop.uz internet-do‘konimizda esa, garchi oltindan yoki qimmatbaho charmdan ishlangan bo‘lmasa-da, ayrim ishlab chiqaruvchilarning turli rusumlardagi simli va simsiz quloqchinlarini atigi 105 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlar asosida sotib olish imkoni mavjud.

Darvoqe, hali AirPods Pro savdoga chiqib ulgurmasidan turib, xitoyliklar uning 40 dollarlik klonini sota boshlashganidan xabaringiz bor-a? Yana biri esa...

O‘QING: Xitoyliklar buni uddalashdi: AirPods Pro’ning arzon klonini ham iPhone xuddi originalidek qabul qilyapti! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!