Quloqda portlagan quloqchin o‘limga sabab bo‘ldi

  •   DiMaX
  •  526
  •  10.08.2021 11:38

Quloqda portlagan quloqchin o‘limga sabab bo‘ldi

Nukusda quloqchindan noto‘g‘ri foydalanish 2002 yilda tug‘ilgan o‘smirning o‘limiga olib kelgani haqida yozgan edik. Navbatdagi xabarimiz esa mazkur aksessuar ishlab chiqaruvchining aybi bilan bir kishining hayotiga zomin bo‘lgani haqida.

O‘QING: Ishlab turgan Apple AirPods quloqchini portlab ketdi

Hindistonning Rojaston shtatida 28 yashar yigitning qulog‘idagi quloqchin o‘z-o‘zidan portlab ketgan. Natijada u og‘ir jarohat olib, hushini yo‘qotgan, keyinroq kasalxonada olamdan o‘tgan.

Hindiston OAVlarining yozishicha, Rakesh Kumar Nagar ismli bu kishi audiogarnitura vositasida telefon orqali gaplashayotgan bo‘lgan. Manbaga ko‘ra, bu oddiy simli quloqchin bo‘lib, suhbatni boshlashdan oldin smartfonni quvvatlashga qo‘ygan ekan. Ya’ni, smartfon bir vaqtning o‘zida ham zaryadlanib, ham quloqchin orqali suhbatni ta’minlab berayotgan bo‘lgan. Portlash sababchisi esa shu orada tok kuchlanishida keskin o‘zgargani ham, smartfonning yoki aksessuarning, yoxud quvvatlagichning sifatsizligi ham bo‘lishi mumkin.

Mazkur fojia bo‘yicha tergov-surishtiruv ishlarini olib borayotgan mutaxassislar toki barchasiga oydinlik kiritmaguncha quloqchinning ham, smartfonning ham qaysi brendlarga mansubligini aytishmayotir.

O‘QING: Smartfonni zaryadlashdagi eng keng tarqalgan bu xatolikni siz ham takrorlayapsizmi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!