Qo‘ng‘iroqlarga barmoq bilan javob qaytarishga imkon beradigan remeshok yaratildi

Qo‘ng‘iroqlarga barmoq bilan javob  qaytarishga imkon beradigan remeshok yaratildi

Kickstarter platformasida Sgnl loyihasi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan va natijada uning yaratilishiga 1 mln dollar atrofida mablag‘ yig‘ilgan. Qurilma qo‘ng‘iroqlarga garnitura orqali emas, balki barmoq bilan javob berishga imkoniyat yaratadi.

Sgnl – aqlli remeshok, uni oddiy yoki smart soatlarga taqish mumkin. Shu bilan birga remeshokning faqat o‘zidan ham alohida aksessuar sifatida foydalansa bo‘ladi. Gadjet smartfonga  Bluetooth orqali ulanadi.

Aqlli remeshok  BCU (Body conduction Unit) texnologiyasi asosida ishlaydi. Mazkur texnologiya barmoqlarga ovozli vibratsiyalarni o‘tkazishni ta’minlaydi. Blok tebranishlarni shakllantiradigan uzatmani ishga keltiradi va zaruriy uzunlikdagi tebranishlar signalini kuchaytiradigan algoritm asosida boshqariladi.

fdhgfh (1) fdhgfh (2)

Qo‘ng‘iroqqa javob berish uchun remeshokdagi tugmaga bosish va barmoqni quloqqa olib kelish kifoya. Tebranishlar qo‘lingiz orqali qurilmadan barmoq uchlariga uzatiladi. Natijada siz barmog‘ingizni qulog‘ingizga tekkizganda, yuqori balandlikdagi tovush hosil bo‘ladi.

Bunday tashqari remeshok jismoniy faoliyatni kuzatadigan pedometrni o‘chira oladi. Remeshokdagi qo‘ng‘iroq tafsilotlari maxsus ilovaga uzatiladi. Ilovadan bildirishnoma va eslatmalarni sozlash mumkin.

Remeshok taxminan 7 kunga (4 soat qo‘ng‘iroq) yetadigan akkumulyator yordamida ishlaydi. Gadjetni  microUSB  orqali quvvatlash uchun 1 soat atrofida vaqt sarflanadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!