«Qurilmalarni qiynovchi» vloger: «2021 yilning eng mustahkam geymerofoni shu ekan!» (video)

  •   DiMaX
  •  608
  •  22.06.2021 13:30

«Qurilmalarni qiynovchi» vloger: «2021 yilning eng mustahkam geymerofoni shu ekan!» (video)

Turli smartfonlarning mustahkamligini ayovsiz sinab ko‘rib, videolarini JerryRigEverything nomli YouTube-kanalida ulashuvchi Zak Nilson (yoki Nelson) nomi sizga tanish. «Qurilmalarni qiynovchi» ushbu videobloger avvalroq 2020 yilning eng, eng, eng... smartfonlari reytingini e’lon qilgan edi. Yaqinda esa...

O‘QING: Mashhur «ustabuzarmon» 2021 yilning sinmaydigan va bukilmaydigan yagona o‘yin smartfonini e’lon qildi (+video)

Joriy yilda taqdim etilgan, ynan o‘yinlarga moslangan zo‘r smartfonlar unchalik ko‘p emas. ASUS kompaniyasi mart oyida ROG Phone brendi ostida uchta rusumda – ROG Phone 5, ROG Phone 5 Pro hamda ROG Phone 5 Ultimate o‘yin smartfonlarini namoyish qilgan edi. Lenovo kompaniyasi geymerlarga mo‘ljallangan ikkinchi avlod smartfoni – Legion 2 Pro modelini chiqargan. Shuningdek, Xiaomi korporatsiyasining o‘yin qurilmalariga ixtisoslashgan brendi taqdim etgan flagmanlar – Black Shark 4 hamda Black Shark 4 Pro telefonlari bor.

Bulardan tashqari, martning boshida ZTE korporatsiyasiga qarashli Nubia kompaniyasi Red Magic brendi ostida bir nechta jihatdan rekordchi Red Magic 6 hamda Red Magic 6 Pro geymerofonlari chiqargan edi. Taniqli texnobloger Zak Nilson endi shulardan birinchisining mustahkamligini ham sinab ko‘rdi:

Vloger oltinchi avlod «Qirmizi jodu» geymerofonida o‘ta sifatli materiallar ishlatilganini e’tirof etdi. Nubia Red Magic 6 korpusi old va orqa taraflaridan toblangan shisha bilan himoyalangan, romi esa alyuminiydan ishlangan. Ularni tirnash uchun qattiq va o‘tkir tig‘li jism bilan qattiqroq harakat qilishga to‘g‘ri keladi.

Smartfonning ekranosti daktiloskopi hatto yuzasidagi shisha tirnalsa ham ishlayvergan. Va nihoyat, mustahkamlik testining eng muhim joyiga kelganda, Zak hayratga tushgan – bu telefon korpusini sindirish yoki bukishga baquvvat qo‘llarining kuchi yetmagan!

Shunday qilib, JerryRigEverything kanali muallifi Nubia Red Magic 6 modelini «2021 yilning eng mustahkam o‘yinbop smartfoni», deya yuksak baholadi.

O‘QING: 200 dollarlik bu «o‘lmas» smartfonni bir oyda ikki martagina quvvatlash kifoya! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.