Qurolli bosqinchilik to‘g‘risidagi chaqiruvga politsiya robot-it bilan keldi (video)

  •   DiMaX
  •  339
  •  26.02.2021 12:55

Qurolli bosqinchilik to‘g‘risidagi chaqiruvga politsiya robot-it bilan keldi (video)

Nyu-York politsiya departamenti xodimlari 23 fevral kuni Bronksdagi kvartirada amalga oshirilgan qurolli bosqin bo‘yicha chaqiruvga chiqishdi. Bu gal xodimlar tezkor tadbirga Boston Dynamics kompaniyasining K-9 modeli – Digidog laqabli robot-itini ham olib bordi, deb xabar beradi Daryo.

O‘QING: Boston Dynamics’dan Yangi yil videosi: robotlarning bunaqa raqsini hali ko‘rmagansiz!

«Robotga kameralar va yorug‘lik manbalari o‘rnatilgan bo‘lib, bu Nyu-York politsiyasiga real vaqtda atrofdagi vaziyatni kuzatish imkonini beradi. Bundan tashqari, qurilma ikki tomonlama aloqani qo‘llab-quvvatlaydi», – deydi serjant Jessika MakRori. Og‘irligi 32 kilogramm atrofida bo‘lgan robot mahalliy hududda yo‘nalishni topishda sun’iy intellektdan ham foydalanishi mumkin.

Robotdan sodir bo‘lgan voqeaning surishtiruvida foydalanilgan. Aniqlanishicha, jinoyatchilar kvartiraga bostirib kirgan vaqtida rostdan ham quroldan foydalangan, biroq voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari kvartiradan jinoyatchilarni topa olmagan.

ABC’ning yozishicha, robot rasman o‘tgan yilning dekabrida tanishtirilgan. U soatiga 5,5 kilometr tezlikda yugura olishi, zina bo‘ylab ko‘tarilishi va mutlaqo qorong‘i joyda ham yo‘nalishni topa olishi mumkin. Bu kabi «it»ni sotib olish uchun 74,5 ming dollar to‘lash kerak bo‘ladi, lekin bu pulga Tesla Model S olish mumkin! (+video).

Politsiyachilar Digidog’dan o‘tgan yili ham foydalangan edi. O‘shanda u ikki nafar qurollangan erkakni qo‘lga olish va besh nafar asirni ozod qilishda politsiyachilarga yordam bergan. «Odamlar ovqatlanishni xohlagan edi, shu sababli biz robotga yeguliklarni bog‘lab, ularning oldiga yubordik», – deydi Nyu-York politsiya inspektori Frenk Digiakomo.

O‘QING: Dunyodagi eng takomillashgan (va qo‘rqinchli) robotlar