Quvvati 10 kunga yetuvchi, 96 xil sport rejimli Huawei Watch Fit smart-soati chiqdi (+video)

  •   DiMaX
  •  994
  •  28.08.2020 16:32

Quvvati 10 kunga yetuvchi, 96 xil sport rejimli Huawei Watch Fit smart-soati chiqdi (+video)

Xitoylik texnogigant o‘zining Huawei Watch Fit rusumli yangi aqlli soatini namoyish qildi. Ushbu gadjet mazkur kompaniyaning oldingi smartvochlariga xos bo‘lmagan to‘rtburchak ekranga ega.

O‘QING: 37 kun avtonom ishlovchi, retro-dizaynli Amazfit Neo smart-soati chiqdi

Mazkur soatning asosiy korpusi o‘lchami 46x30x10,7 millimetrni tashkil etadi. AMOLED-displeyi diagonaliga 1,64 dyuymlik bo‘lib, tasvir aniqligi 280x456 piksellik. «Hamisha yoqiq displey» (Always-on Display) rejimi uchun unda oltita yangi siferblat ko‘zda tutilgan.

Huawei Watch Fit fitnes-murabbiy rolini ham bajara oladi va animatsiyali namoyishga ega bo‘lgan 12 xil tezkor mashg‘ulotni taqdim etadi. Devaysning o‘ziga oldindan o‘rnatilgan 11 xil sport rejimi bor, ular orasida yugurish, suzish va velosipedda uchish kabilar mavjud. Shuningdek, yana sozlanuvchi 85 ta rejim taklif etiladi.

Smart-soatda GPS moduli mavjud, korpusi suvdan himoyalangan (5ATM). Yurak ritmini o‘lchovchi optik datchik, qonning kislorodga to‘yinganligini o‘lchash funksiyasi bor.

O‘QING: Huawei ikkita kamerali va NFC chipli smart-soat taqdim etdi (+video)

Huawei Watch Fit avtonom ishlash davri 10 kungacha, «intensiv foydalanish» rejimida esa 7 kunga boradi. Lekin soatdagi GPS moduli yoqiq bo‘lsa, akkumulyatorining quvvati 12 soatgagina yetadi.

Kompaniya mazkur ishlanmasini uch xil – och pushti, qora va och yashil tusli korpuslarda taklif etadi. Tasmachalari esa shu ranglardan tashqari yana zarg‘aldoq tusda mavjud.

Huawei Watch Fit birinchi bo‘lib Birlashgan Arab Amirliklarida – 3 sentyabrdan, keyin esa boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqadi. Ishlab chiqaruvchi uni 110 dollarga baholagan.

O‘QING: Dunyodagi eng ommabop smart-soatlar (2020 yilning 1-yarmi)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.