Quvvati 2 kunga yetuvchi arzon Moto G9 chiqdi: Redmi va Realme’lar kushandasi!

  •   DiMaX
  •  867
  •  25.08.2020 11:15

Quvvati 2 kunga yetuvchi arzon Moto G9 chiqdi: Redmi va Realme’lar kushandasi!

Hindiston bozorida Redmi hamda Realme brendlarining arzon smartfonlari o‘ta ommbop. Kecha – 24 vgust kuni esa Lenovo kompaniyaga qarashli Motorola brendi ular bilan raqobatlashuvchi yangi modelini taqdim etdi.

O‘QING: Redmi K30 Ultra kushandasi – Realme X7 Pro ham tayyor: taqdimot kuni, «jonli» surat va xususiyatlari

Yangi smartfon Moto G9 deb nomlangan bo‘lib, kompaniya uni diagonaliga 6,5 dyuymlik IPS-displey bilan ta’minlagan. Tomonlari o‘zaro 20:9 nisbatli ekran HD+ formatida tasvir uzatishga qodir. Displeyning tomchisimon kemtigida 8 megapiksellik old kamera bor.

Moto G9 bosh kamerasi uchta moduldan iborat: 48 megapiksellik asosiy sensor, 2 megapiksellik makros’yomka moduli hamda 2 megapiksellik chuqurlik datchigi. Moto G9 barmoq izi skaneri orqa paneldagi logotipga joylangan, korpusning yon qirrasida esa Google ovozli yordamchisini chaqirish tugmachasi bor.

O‘QING: Taniqli kompaniyaning 12 xil smartfonini naq 500 dollargacha chegirma bilan olish mumkin!

Ushbu model Hindiston bozorida Qualcomm Snapdragon 662 protsessorli ilk smartfondir. Motorola uni 4/128 gigabaytlik tezkor/doimiy xotira bilan ta’minlagan, yana microSD uchun slot ham ajratgan.

Moto G9 akkumulyatori 5000 mA/soatlik bo‘lib, uning to‘la quvvati bilan smartfon 2 kungacha bemalol ishlay oladi. Smartfonga 20 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasini ham joriy etishgan. Shuningdek, korpusida 3,5 millimetrlik quloqchin tirqishi hamda kontaktsiz to‘lovlar uchun NFC moduli ham mavjud.

Motorola bu smartfonini 31 avgustdan boshlab, 154 dollarga teng narxda savdoga chiqaradi.

O‘QING: Atigi 128 dollarga uch kamerali, 6000mAh batareyali va o‘yinbop protsessorli smartfon chiqdi!