Quvvati 27 kunga yetuvchi Nokia 6300 4G sotuvga chiqdi: WhatsApp, Facebook, YouTube va Google Assistant o‘zida bor!

  •   DiMaX
  •  3092
  •  12.02.2021 16:10

Quvvati 27 kunga yetuvchi Nokia 6300 4G sotuvga chiqdi: WhatsApp, Facebook, YouTube va Google Assistant o‘zida bor!

HMD Global kompaniyasi ommabop telefonlar brendining ikkita afsonaviy modelini yangilab, Nokia 6300 4G hamda Nokia 8000 4G nomlari ostida qayta chiqargan va biz ularning videolarini e’lon qilganmiz. Avvalroq ular uchun oldindan buyurtma ochilgan edi, endi esa bulardan birinchisi ochiq bozorda sotila boshladi.

O‘QING: Tugmachali telefonlar bozori: Nokia ikkinchi o‘rinda, unda yetakchi kim?

HMD Global bosh direktori o‘rinbosari Yuxo Sarvikas (Juho Sarvikas) o‘zining Twitter sahifasida ma’lum qilishicha, Nokia 6300 4G telefoni AQSh hududida 70 dollardan savdoga qo‘yilgan. Xaridorlar uning ko‘mir tusli, ko‘kimtir-yashil yoki oq rangli korpuslarda xarid qilishlari mumkin.

«Fayta tug‘ilgan» tugmachali telefon 2,4 dyuymlik displeyga hamda Snapdragon 210 protsessoriga ega. Uning tezkor xotirasi 512 megabaytlik, doimiysi esa 4 gigabaytlik hajmda; shuningdek, yana 32 gigabaytgacha sig‘imli microSD-karta joylash mumkin.

Nokia 6300 4G orqa panelida VGA-kamera bor, uning LED-chaqnog‘ini esa qo‘lchiroq (fonarik) qilib ishlatish mumkin. Telefon KaiOS operatsion tizim boshqaruvi ostida ishlaydi, tag‘in unga WhatsApp, Facebook, YouTube hamda Google Assistant ham o‘rnatilgan. AQShda sotilayotgan model ikkita SIM-kartani, 4G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, Wi-Fi uzata oladi va GPS moduli ham bor. Unda FM-radio va standart quloqchin tirqishi ham ko‘zda tutilgan.

Bu telefonning akkumulyatori 1500 mA/soatlik bo‘lib, kutish rejimida uning quvvati naq 27 kunga yetadi.

O‘QING: Eng antiqa – bittayam klavishi bo‘lmagan tugmachali telefon 19 dollardan sotilyapti!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!