Quvvati 300 soatga yetuvchi «xitoycha iPhone X»ni atigi 81 dollarga olishga ulguring!

  •   DiMaX
  •  8201
  •  06.08.2018 12:20

Quvvati 300 soatga yetuvchi «xitoycha iPhone X»ni atigi 81 dollarga olishga ulguring!

Doogee kompaniyasi smartfonsozlikdagi zamonaviy trendlarga mos holda yaratilgan yangi – hamyonbop X70 modelini taqdim etdi. Ishlab chiqaruvchi bu telefonini AliExpress bozoridagi o‘z rasmiy do‘konida eng arzon narxda taklif etayotir.

O‘QING: Hamyonbop Doogee S60 Lite – «o‘ldirib bo‘lmas» 4G-smartfon

Doogee X70 modeli yonlari nozik romli, diagonaliga 5.5 dyuymlik, keng formatli IPS-displeyga ega. Hozirgi urflarga ko‘ra, uning ekrani tomonlari 18:9 nisbatli qilib ishlangan; displeyning yuqorisidagi «o‘yiq» esa unga iPhone X dizaynini baxsh etgan. Bu esa ekran maydonidan foydalanish samaradorligini oshirgan – tizim belgichalari «kemtik»ning ikki yonidan o‘rin oladi, asosiy kontent esa undan pastni to‘liq egallaydi.

Ushbu navbatdagi «xitoycha iPhone X» nafaqat ekrandagi «kemtik», balki bosh kamera modullarining joylashuvi bilan ham kupertinoliklarning superflagmaniga o‘xshab ketadi. Mazkur datchiklar 8 va 5 megapikselli sig‘imga ega bo‘lib, ular yordamida orqa fonni xiralashtirgan holda portret rejimida suratga olish mumkin. Old kamera esa 5 megapikselli sensorga ega bo‘lib, yuzni tanish orqali smartfonni blokdan chiqarish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Qulfdan chiqarish uchun, shuningdek, korpus orqa panelining o‘rtasida joylashgan barmoq izi skaneridan ham foydalansa bo‘ladi.

O‘QING: 372 ming so‘mdan boshlanuvchi Doogee smartfonlarini AliExpress orqali xarid qiling!

Doogee X70 devaysining «elektron yuragi» sifatida MediaTek MT6580 protsessori tanlangan. To‘rt yadroli ushbu chip maksimal 1,3 GGs takt chastotasida ishlaydi. Telefonning ish samaradorligini ta’minlashda unga 2 gigabaytlik tezkor xotira hamrohlik qiladi. Doimiy xotira hajmi 16 gigabaytga teng, yana smartfonga 128 gigabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘yish mumkin. Doogee X70 modeliga Android operatsion tizimining ayni damdagi eng so‘nggi – 8.1 Oreo talqini o‘rnatilgan.

Bu smartfonning o‘ziga xos afzalliklaridan biri esa naq 4 000 mA/soatlik tok sig‘imiga ega akkumulyatoridir. Ishlab chiqaruvchining va’dasiga ko‘ra, Doogee X70 quvvati suhbat rejimida 30 soatgacha, kutish rejimida esa naq 300 soatgacha yetadi!

Doogee X70 modeli AliExpress onlayn savdo platformasidagi Doogee rasmiy do‘konida atigi 86.65 AQSh dollari narxida sotuvga qo‘yilgan. Ayni kunlarda esa bu modelga chegirma e’lon qilingan: 8 avgustgacha uni yanada arzonroqqa – 80.58 dollarga olishingiz mumkin. Bu muddat ichida buyurtma berishga ulgurmagan taqdirda ham, keyin uni salkam 87 dollarga xarid qilish imkoni saqlanib qoladi. Ta’bingizga ko‘ra, tillarang, ko‘k yoki qora korpusli Doogee X70’ga buyurtma berishingiz mumkin.

«Xitoycha iPhone X» deya ta’riflanayotgan hamyonbop Doogee X70 smartfonining barcha xususiyatlari va suratlari bilan batafsil tanishish, shuningdek unga buyurtma berish uchun mana bu havola orqali tegishli sahifaga o‘ting. Agarda onlayn xarid borasida tajribangiz yetarli bo‘lmasa, u holda tovarlarga «Terabayt.uz» saytimiz orqali buyurtma berish imkoni ham mavjud.

O‘QING: AliExpress’dagi tovarlarga «Terabayt.uz» orqali buyurtma bering!