Quvvati 32 kunga yetuvchi, kvadrokamerali va «o‘ldirib bo‘lmas» bu smartfonni tekinga ham olish mumkin!

  •   DiMaX
  •  3757
  •  05.12.2020 17:20

Quvvati 32 kunga yetuvchi, kvadrokamerali va «o‘ldirib bo‘lmas» bu smartfonni tekinga ham olish mumkin!

Doogee kompaniyasi sig‘imdor akkumulyatorga, shuningdek, kuchli himoyaga ega bo‘lgan bir qator smartfonlar taqdim etgan. Masalan, shu yilning aprelida u Android 10 va uchtalik kamerali, «beli baquvvat» va zamonaviy Doogee X95 modelini atigi 60 dollardan sota boshlagan.

O‘QING: MWC 2018’da rekord: eng antiqa dizaynli smartfonlar va boshqa gadjetlarni kim olib kelgan?

Ushbu ishlab chiqaruvchi o‘zining yangi mahsuloti – Doogee S59 Pro smartfonini namoyish etdi. Aliexpress orqali oldindan buyurtma asosida uni 199 dollarga olish mumkin, lekin kompaniyaning rasmiy saytida undan uchtasi yutuqli o‘yinga ham qo‘yilgan. Tegishli shartlarni bajarib, uni teppa-tekinga olish imkoniyatini qo‘lga kiritish mumkin, lekin shartlar juda ko‘p:

Xitoyliklardan boshqa birov uni yutuqqa olishi dargumon, shuning uchun bu smartfonga qiziqqanlar mazkur havola orqali Aliexpress’dagi sotuv sahifasiga o‘tib qo‘yaqolganlari ma’qul.

O‘QING: O‘zbekistonda ham Alibaba Group rasmiy vakili ish boshladi

Doogee S59 Pro qiziqishga arziydi – uning korpusi IP68 standartiga ko‘ra muhofazalangan.

Smartfonning apparat ta’minoti asosini MediaTek Helio P22 protsessori tashkil etadi.

Devaysning tezkor va ichki xotirasi esa tegishlicha 4 va 128 gigabaytlik hajmga ega.

O‘QING: Kutilmagan rekord: 64 GB «operativka»li ilk smartfonni ishlayotgan holida «jonli» ko‘ramiz!

Lekin Doogee S59 Pro modelining eng kuchli jihati – naq 10 050 mA/soatlik batareyasidir.

Ishlab chiqaruvchining va’da berishicha, smartfon kutish rejimida bo‘lganida akkumulyatorining quvvati 32 kunga yetadi. Musiqani uzluksiz yangratishda zaryad ikki kunga yetadi, odatiy foydalanishda esa gadjetning avtonomligi 5 kungacha boradi.

O‘QING: Atigi 100 dollarlik shu yangi smartfonning daktiloskopi qayerida, deb o‘ylaysiz?

Qurilmaning korpusida quvvati 2 vattlik dinamik, yon qirrasida barmoq izi skaneri ham mavjud.

Doogee S59 Pro bosh kamerasi to‘rtta modulni o‘z ichiga olgan va sun’iy ong texnologiyasi bilan ta’minlangan:

Ushbu smartfonga 24 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi tatbiq etilgan.

O‘QING: O‘rta narxli o‘nta eng kuchli smartfon (AnTuTu, 2020 yil noyabr)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!