Quvvati bir haftaga yetadigan smartfon chiqyapti! (+video)

  •   DiMaX
  •  2244
  •  10.05.2017 11:07

Quvvati bir haftaga yetadigan smartfon chiqyapti! (+video)

Oukitel kompaniyasi bir oyda bir necha martagina quvvatlash talab etadigan Oukitel K10000 Pro smartfonini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Uning asosiy o‘ziga xosligi – 10000 mA/soat sig‘imga ega bo‘lgan akkumulyatori hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, bunday batareya bilan qurilmani o‘rtacha ishlatishda bir haftagacha quvvatlash talab etilmaydigan bo‘ladi. Uning to‘ldirilishiga esa uch soat vaqt ketishi ma’lum qilingan.

Tabiiyki, bu qadar sig‘imdor akkumulyatordan foydalanish smartfonning tashqi ko‘rinishiga, aniqrog‘i – o‘lchamlariga va vazniga ta’sir ko‘rsatmasdan qolmaydi. Uning gabariti haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q, ammo xabarlarda uning vazni 292,3 gramm bo‘lishi aytilmoqda.

Oukitel K10000 Pro modelida 1920x1080 pikselli, diagonali 5,5 dyuymli displey bo‘ladi. Uning 8 yadroli MediaTek protsessori esa 1,5 GGs chastotada ishlaydi. Smartfonning tezkor xotirasi 3 GB, doimiy xotirasi esa 32 GB hajmga teng.

Gadjetning asosiy va old kameralarining xususiyatlari haqida ma’lumotlar hozircha yo‘q. Shuningdek, operatsion tizim versiyasi va aniq narxi ham ma’lum emas.

Darvoqe, mazkur ishlab chiqaruvchining bundan oldingi Oukitel K10000 modeli ham batareyasi baquvvat smartfonlar reytingida yetakchi ekanini ta’kidlash joiz.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!