Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

  •   DiMaX
  •  6340
  •  20.05.2021 13:22

Quvvati ikki kunga yetuvchi POCO M3 Pro 5G chiqdi: brendning birorta Xiaomi yoki Redmi smartfoniga o‘xshamagan ilk modeli!

2020 yilning 24 noyabrida Xiaomi korporatsiyasi quvvati 5 kunga yetuvchi nostandart smartfon – Poco M3 modelini taqdim etgan edi. Kecha – 2021 yilning 19 may kuni esa Poco brendi uning beshinchi avlod uyali aloqa standartini qo‘llovchi Pro-versiyasini namoyish qildi.

O‘QING: Namoyishidan avval POCO M3 Pro 5G videosi va global narxlari chiqdi

Shunday qilib, Xiaomi Poco M3 Pro 5G modeli ushbu brendning xalqaro bozorga chiqqan va Xiaomi yoki Redmi brendi smartfonlarining kloni bo‘lmagan birinchi telefonidir. Lekin bu betakrorlik faqatgina dizaynga tegishli; texnik xususiyatlariga qaraganda, u Redmi Note 10 5G modeli bilan deyarli bir xil.

Poco M3 Pro 5G diagonaliga 6,5 dyuymlik LCD-ekran bilan jihozlangan va unda tasvir aniqligi Full HD+ formatida. Displeyning kadr yangilanish chastotasi moslashuvchan bo‘lib, aks ettirilayotgan kontentga bog‘liq holda, maksimal 90 gersgacha o‘zgara oladi.

Smartfon sakkiz yadroli Dimensity 700 protsessori bazasida ishlaydi; aytish kerakki, Poco M3 Pro 5G – mazkur brendning MediaTek chipli ilk modelidir. Tezkor va doimiy xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra uni ikki xil – 4/64 hamda 6/128 gigabaytlik modifikatsiyalarda chiqarishadi. AnTuTu benchmarkida bu smartfon 329 072 ballik natija ko‘rsatgan. Ishlab chiqaruvchi bu smartfonning muhim jihatlaridan biri sifatida 1 terabaytgacha hajmli microSD-karta qo‘yish imkonini aytib o‘tgan.

O‘QING: Narxi tezda tushib ketmaydigan sakkizta smartfon (2021 yil, aprel)

Smartfonning bosh kamerasi uch modulli – 48 megapiksellik asosiy sensor, portret va makro rejimlarida suratga olish uchun har biri 2 MPdan bo‘lgan datchiklar. Unda s’yomkaning tungi rejimi ham mavjud.

Displeyning tirqishiga esa 8 megapiksellik selfi sensori joylangan.

O‘QING: Xiaomi, Redmi, Poco hamda Black Shark smartfonlari egalariga xushxabar!

POCO M3 Pro 5G avtonomligi uchun 5000 mA/soatlik akkumulyator mas’ul; kompaniyaning ta’kidlashicha, uning bitta quvvati smartfonning ikki kun ishlashiga yetadi. Garchi telefonda 18 vattlik tezkor quvvatlash texnologiyasi qo‘llangan bo‘lsa-da, uning qadoq jamlanmasiga 22,5 vattlik zaryadlash adapteri kiritilgan.

Xiaomi POCO M3 Pro 5G texnik xususiyatlari quyidagicha:

  • Displey: LCD, 6,5 dyuymlik, 2400x1080, 90 Gs, Gorilla Glass 3 shishasi
  • Protsessor: MediaTek Dimensity 700, grafik chip: Mali-G57
  • Tezkor xotira: 4/6 GB, LPDDR4X
  • Doimiy xotira: 64/128 GB, UFS 2.2
  • Akkumulyator: 5000 mA/soatlik, 18 vattlik tezkor quvvatlash
  • Bosh kamera: 48 Mp (f/1.8) + 2 Mp (makroob’yektiv) + 2 Mp (datchik glubini)
  • Old kamera: 8 Mp (f/2.0)
  • Xavfsizlik: korpusning yon qirrasida barmoq izi skaneri
  • Aloqa: Dual 5G, Wi-Fi, Bluetooth 5.1, GPS, NFC, IQ-port
  • Portlari: USB Type-C, 3,5-mm
  • O‘lchamlari: 161,8x75,3x8,9 mm
  • Vazni: 190 gramm

Quyida yangi smartfonning asosiy jihatlarini bulturgi POCO M3 modeliniki bilan taqqoslab ko‘ramiz:

POCO M3 Pro 5G modeli uchun xotira konfiguratsiyasiga ko‘ra quyidagicha narxlar belgilangan: 4/64 GBligi 179 yevro, 6/128 GBligi esa 199 yevro. Uning savdosi 20 maydan boshlangan va smartfonni to 22 maygacha 20 yevrolik chegirma bilan (tegishlicha €159 va €179 evaziga) olish mumkin.

O‘QING: Global versiyali ommabop Redmi smartfoni 144 dollargacha arzonlashdi!