Quvvati tugasa ham qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar yozish imkoniyatiga ega smartfon taqdim etiladi

Quvvati tugasa ham qo‘ng‘iroq qilish yoki xabar yozish imkoniyatiga ega smartfon taqdim etiladi

Kecha Huawei rasmiy ravishda Mate 50 seriyasi smartfonlariga Huawei Mall, JD.com va Tmall kabi yirik platformalarda oldindan buyurtma berish mumkinligini e’lon qildi. 

Bir necha soat ichida Mate 50 modeliga Huawei Mall'da 370 000 dan ortiq buyurtmalar kelib tushdi, Tmall'da esa buyurtma qilishlar soni 30 000 dan oshdi. Ikki platformadagi jami buyurtmalar soni 400 000 dan oshdi. 

Huawei Mate 50 seriyasi to‘rtta modelni, xususan Mate 50, Mate 50 Pro, Mate 50 RS Porsche Design va Mate 50 E smartfonlarini o‘z ichiga olishi kutilmoqda. Dastlabki uchta modelda Qualcomm'ning flagman Snapdragon 8+ Gen1 chipi bo‘ladi.

Avvalroq Huawei Mate 50 smartfonlari ishlaydigan Harmony 3.0 operatsion tizimining yangi versiyasida batareya quvvati tugagandan so‘ng smartfonni yana yoqish mumkin bo‘lgan favqulodda holat rejimi paydo bo‘lishi haqida xabar berilgan edi. Ushbu rejimda foydalanuvchilar matnli xabarlarni qabul qilish va yuborishlari mumkin. Bundan tashqari, favqulodda qo‘ng‘iroqlarni ham amalga oshirish imkoni ham mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Mate 50 seriyasi rasman 6 sentyabrda taqdim etiladi. 

O‘QING: Bir necha eski Galaxy smartfonlariga dastur yangilanishi kelmoqda