Quvvati zo‘r 5 smartfon

Quvvati zo‘r 5 smartfon

     Bugungi foydalanuvchi smartfonining quvvati ko‘proq vaqtga yetishini istaydi va mobil aloqa vositasini harid qilayotgan chog‘da ham ana shu jihatiga alohida e’tibor beradi. Bu xohish global tarmoqda “doim on-layn bo‘lish” istagidan kelib chiqqan, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

    Uzunquloq gaplarga qaraganda, Xitoyning Oukitel kompaniyasi yaqin kunlarda pishiq-puxta akkumulyatorli (quvvati 10 000 mAs) smartfonini ommaga taqdim etadi. Tez orada bu taxminlar o‘zini oqlaydi, deb umid qilamiz. Ungacha esa quvvat borasida yaxshi ko‘rsatgichlarga ega flagmanlar beshligi bilan tanishtiramiz.

Lenovo Vibe P1
IFA 2015 ko‘rgazmasida namoyish etilgan mazkur model ko‘pchilikka ma’qul bo‘ldi. Yupqa korpusli apparatga quvvati 5000 mAs bo‘lgan akkumulyator joylashtirilgan. Shuningdek, u Qualcomm Snapdragon 615 protsessori, 3 GB operativ, 1GB o‘rnatma xotiraga ega.

Huawei Ascend Mate 7
Smartfon IFA`ning avvalgi ko‘rgazmasida namoyishga qo‘yilgandi. Shunday bo‘lsa-da, hozirgacha o‘z quvvati bilan maqtana oladi. Smartfonda 8 yadroli HiSilicon Kirin 925 (1,8 GGs chastota), 6 dyuym IPS-ekran, Gorilla Glass 3 himoya oinasi, 3,2 GB operativ, 16 GB o‘rnatma xotira mavjud. Qolaversa, 13 megapiksel asosiy, 5 megapiksel frontal kameraga ega. Akkumulyator quvvati esa 4100 mAs. Ajoyib!

Philips Xenium V526
Philips kompaniyasining yangi modeli sentyabr oyidan sotila boshladi. Xenium V526 texnik tavsifi bo‘yicha “to‘rtlik”ka munosib ko‘riladi: To‘rt yadroli, 1,3 GGs chastotali MediaTek MT 6735 protsessor, 5 dyuym ekran(1280x720). 4G tarmog‘ini qo‘llay oladi va akkumulyator quvvati 5000 mAs.

Highscreen Power Five
Boost omadli kelgach, Highscreen rus brendi Power seriyali smartfonlar ishlab chiqarishga qaror qildi. Hozircha ular ikkita modelda: Birinchisi, akkumulyator quvvati na 4000 mAs bo‘lgan Four, ikkinchisi akkumulyator quvvati na 5000 mAs bo‘lgan Five. Xenium V526 modeldagi kabi Highscreen Power Five` ham MediaTek MT 6735 protsessori negizida yasaldi. Uning operativ xotirasi 1,5 GB bo‘lsa, o‘rnatma xotirasi – 16 GB. Shuningdek, 4G tarmog‘ini qo‘llay oladi.

ThL 5000T
Model quvvatiga ko‘ra Tesla nomini oldi. 5000 mAs akkumulyator, 8 yadroli protsessor, 1 GB operativ xotira, 5 Mp frontal va 13 Mp asosiy kamera, 5-dyuymov IPS-ekran. Narxi ham “kuydiradigan” emas.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!