Radar va kameralar o‘rnatish joylari sotuvga qo‘yila boshladi

  •   DiMaX
  •  1214
  •  09.06.2021 08:43

Radar va kameralar o‘rnatish joylari sotuvga qo‘yila boshladi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash sohasida 2021 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub’yektlariga avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalarini o‘rnatish huquqi berilgan. Yo‘lga radar va kamera o‘rnatgan tadbirkor YHQ buzilishini aniqlaganligi uchun qancha haq olishi ham ma’lum bo‘lgan.

O‘QING: Feyklarga aldanmang: Toshkent ko‘chalaridagi uch oyoqli kameralar nimalarni kuzatmoqda?

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 21 apreldagi 232-son qarori asosida radar va kameralar o‘rnatish joylari «E-auksion» savdo maydonchasi orqali sotilishi belgilangan edi. Ushbu qarorga asosan onlayn-auksionlar Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi va Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Reglament asosida tashkil etiladi, deyiladi YHXBB xabarida.

Ob’yekt onlayn-auksionda g‘olib bo‘lgan tadbirkorga mulk huquqi asosida cheklanmagan muddatga, boshqa tadbirkorlarga o‘tkazish huquqi bilan biriktiriladi. Lotning joy dislokatsiyasi, hududdagi transport oqimi va oxirgi 2 yilda aniqlangan qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ochiq e’lon qilinadi.

Hozirda:

  • Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intelektual videokamera va 2 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
  • Xorazm viloyati, Xiva shahrida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 4 ta intelektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan;
  • Namangan viloyati, Kosonsoy tumanida radar va kameralar o‘rnatish huquqi savdoga chiqarildi. Ushbu lotda 1 ta intelektual videokamera va 1 ta statsionar radar o‘rnatilishi belgilangan.

Yaqin fursatlarda boshqa hududlardan ham bu singari huquqlarning savdoga chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

O‘QING: TAYYoR TURING: endi telefonda tasvirga olingan qoidabuzarliklar uchun ham jarima solinadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!