Rainbow Six Siege’ni shu kunlarda mutlaqo bepul o‘ynash, yana 70 foizgacha chegirma bilan olish mumkin! (+video)

  •   DiMaX
  •  857
  •  16.11.2018 13:45

Rainbow Six Siege’ni shu kunlarda mutlaqo bepul o‘ynash, yana 70 foizgacha chegirma bilan olish mumkin! (+video)

Ubisoft kompaniyasi bitta an’anani yo‘lga qo‘ygan: vaqti-vaqti bilan Tom Clancy's Rainbow Six Siege o‘yinini bepul o‘ynash imkonini taqdim etib keladi. Navbatdagi shunday aksiya bugundan to 18 noyabrgacha o‘tkazilmoqda.

O‘QING: Hayratga arzirli raqam: Fortnite’ni bir vaqtning o‘zida nechta geymer o‘ynaydi?

Ma’lum qilinishicha, dam olish kunlari ushbu taktik shuter o‘yindan barcha platformadagi (kompyuter, PS4 va Xbox One) foydalanuvchilar bepul bahra olishlari mumkin. aksiya boshlanishining aniq vaqti esa geymerning hududiga bog‘liq. An’anaga ko‘ra, bunda o‘yinning to‘liq versiyasi taqdim etiladi: barcha xaritalar va rejimlar, 20 nafar tezkor xodimlar (o‘yinga keyinchalik qo‘shilgan jangchilar aksiyadagi rejimda mavjud emas). Yana bir qulayligi – aksiya paytida bepul talqinda erishilgan o‘yinni keyinchalik sotib olinadigan versiyada davom ettirish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Rainbow Six Siege o‘yini xaridida ham 30 noyabrgacha ulkan chegirmalar e’lon qilingan. Qaysi nashri ekanligi va platforma turidan kelib chiqib, uni 70 foizgacha arzon olish mumkin.

Ta’kidlash kerakki, Rainbow Six Siege ikkita jamoa bo‘lib o‘zaro kurashiladigan taktik shuter hisoblanadi. Bunda terrorchilar ob’yektni himoya qilishlari, maxsus otryad xodimlari esa uni egallab olib, tozalashlari talab etiladi. Barcha platformalar uchun ushbu shuterning premerasi 2015 yil 1 dekabrda bo‘lib o‘tgan. O‘shandan buyon Ubisoft Montreal dasturchilari unga ko‘plab to‘ldirishlar ishlab chiqishgan va ular qo‘shimcha tarzda yuklab olinadi.

O‘QING: Fortnite, Minecraft va yana uchtasi: eng zo‘r o‘yinlar endi smartfonlarda

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!