Ramkasiz displeyga ega bo‘lgan ilk o‘yinbop smartfon taqdim etiladi

Ramkasiz displeyga ega bo‘lgan ilk o‘yinbop smartfon taqdim etiladi

Qalin ramkasiz va kamera uchun hech qanday tirqish bo‘lmagan birinchi o‘yinbop smartfon tez orada sotuvga chiqadi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nubia Red Magic 7 seriyasi to‘liq ekranli dizaynga ega bo‘ladi, ya’ni displeyning tepa va pastki qismida qalin ramkalar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, smartfon ekranosti selfi kamera bilan jihozlanadi. Bu displeyida selfi kamera uchun hech qanday tirqish bo‘lmasligini anglatadi. 

Kamera bo‘yicha hech qanday muammo yo‘q, ammo ramkalrning bo‘lmasligi foydalanuvchi o‘yin o‘ynayotgan vaqtda uning qo‘li tasodifan ekranga tegib ketishi ehtimolini oshiradi. Bu esa o‘yin vaqtida foydalanuvchiga noqulayliklar tug‘dirishi mumkin. 

LetsGoDigital insayderi ma’lumotlariga ko‘ra, qurilma Snapdragon 8 Gen1 chipi, 18GB tezkor xotira, 165 vatt quvvatlash texnologiyasi hamda 144Hz yangilanish chastotasida ishlovchi OLED displeyi bilan jihozlanadi. 

O‘QING: Galaxy S22 modeli 25 vatt, S22+ hamda S22 Ultra modellari esa 45 vattda quvvat oladi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!