Rangli ekranga ega birinchi elektron kitob yaratildi (video)

  •   DiMaX
  •  466
  •  25.02.2021 09:55

Rangli ekranga ega birinchi elektron kitob yaratildi (video)

Shveysariyaning elektron kitoblar ishlab chiqaruvchi PocketBook kompaniyasi InkPad Color — zamonaviy E-Ink rangli ekranlar texnologiyasi qo‘llanilgan 7,8 dyuymlik qurilmani taqdim etdi. Bu to‘g‘rida Daryo nashri xabar bermoqda.

O‘QING: CES 2019: Dunyodagi ilk E-Ink displey tugmachali xameleon-klaviatura (+video)

«Barcha gap EInk Nyew Kaleido texnologiyasi asosida yaratilgan ekranda. U Kaleido’ning birinchi versiyasidan ranglar filtrining yangi qolipi bilan ajralib turadi, bu esa tasvirni yanada yorqin bo‘lishini ta’minlaydi», — deyiladi kompaniya xabarida.

Ta’kidlanishicha, elektron kitob piksellari soni 468x624 taga teng 7,8 dyuymli displeyga ega. Oq-qora rejimga o‘tkazilganida piksellar soni 404x1872 tani tashkil etadi. Akkumulyator sig‘imi — 2900 mA/soat. Kitobning o‘zi bir marta quvvatlanish orqali bir oy davomida ishlay oladi, quvvatlanish esa USB Type-C porti orqali.

Shuningdek, PocketBook InkPad Color gadjeti 1 gigabayt tezkor va 16 gigabayt ichki xotiraga ega bo‘lib, qo‘shimcha flesh-xotira evaziga uning sig‘imini oshirish mumkin. 225 grammlik qurilma narxi 329 dollarni tashkil etadi.

O‘QING: So‘zlaydigan kitoblar

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!