Raqamli dunyoda 2018 yil yakunlari: asosiy tendensiyalar

  •   DiMaX
  •  904
  •  28.12.2018 17:57

Raqamli dunyoda 2018 yil yakunlari: asosiy tendensiyalar

The Bell nashri 2018 yilda texnologiyalar olamida va unga aloqador sohalarda yuz bergan asosiy voqealar, yilning asosiy trendlari haqida yakunlarni e’lon qilgan.

Bu yil smartfonlar bozorida ilk bora pasayish sezildi, Fortnite o‘yinlar sanoatida rekord o‘rnatdi, Xitoy esa boshqa barcha mamlakatlardan ko‘proq fazoviy parvozlarni amalga oshirdi. Ammo hali voqealarning 2019 yildagi rivojiga ham ta’sir etadigan asosiy trendlar bor...

O‘QING: Xitoy butun Yer yuzini bepul internet bilan ta’minlash uchun ilk sun’iy yo‘ldoshni uchirdi

  1. IQTISODIYoT: Investorlarning puli startapchilarning idealizmdan ustun keldi

Iqtisod sohasida 2018 yil mustaqil arab jamg‘armalarining mablag‘larini boshqaruvchi Vision Fund megafondi bilan bog‘liq mojaro esda qolarli voqea bo‘ldi. Jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limidan so‘ng ko‘pchilik sarmoyadorlar bu pullarni «zaharli» deb hisoblagan va undan foydalanmaslikni targ‘ib eta boshlashgandi. Lekin SoftBank tomonidan boshqariluvchi ushbu fond mablag‘lari hajmi (100 milliard dollarga yaqin) hamda uning turli startaplarga kiritgan ulkan investitsiyalari tanqidchilarning og‘zini yopdi.

Aytish kerakki, Vision Fund har birining hajmi 100 million dollardan oshiq bo‘lgan o‘nlab kiritmalarni amalga oshirdi. Jumladan, mazkur megajamg‘arma:

  • Uber’ga 9,3 milliard dollar;
  • Nvidia’ga 5 milliard dollar;
  • Flipkart’ga 2,5 milliard dollar;
  • va boshqa loyihalarga ham turli miqdorda investitsiyalar kiritgan.

Xulosa: Vision Fund investitsiyalari misolida ko‘rish mumkinki, katta miqdordagi pullar biznesmenlarni «Uzumini yegin-u, bog‘ini surishtirma» qabilida yo‘l tutishga undaydi; juda ulkan miqdordagi mablag‘lar esa texnologiyalarni qaysi yo‘nalishda rivojlantirish kerakligi borasida dunyoga o‘z so‘zini o‘tkaza oladi.

  1. INSON HUQUQLARI: Maxfiylik deganlariga ishonmang!

2018 yili shaxsiy ma’lumotlarning daxlsizligiga bir necha frontdan hujumlar bo‘ldi:

  • Korporativ qarindosh-urug‘chilik. Ma’lum bo‘lishicha, yirik kompaniyalar birovlarning shaxsiy ma’lumotlarini shunchaki, o‘zlari yirik bo‘lganlari uchungina qo‘lga kiritishlari mumkin ekan;
  • Yaxshi bilmaslik. Facebook ijtimoiy tarmog‘ining himoyasi buzib kirilishi holatlaridan ma’lum bo‘ldiki, hatto eng yirik ijtimoiy tarmoq ham o‘zining 2,2 milliard nafar foydalanuvchisini «begona ko‘z»lardan asray olmas ekan. Desyatki millionov polzovateley okazalis jertvami sborщikov personalnix dannix. Google ham bu yil ikki marta Google+ tarmog‘idagi bag tufayli yuz millionlab foydalanuvchilarining ma’lumotlarini xavf ostida qoldirdi.
  • Iqtisodiyotni raqamlashtirishdagi xatoliklar. Bir qator davlatlarning turli tashkilotlari raqamli tizimlarining ham himoyasida «tuynuk»lar bor ekan. Rossiyada ularni buzib kirish biznes darajasida rivojlangan, AQShda esa sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘nlab tashkilotlar va kasalxonalarning raqamli tizimlariga kirib, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini o‘g‘irlashgan.
  • Xavfsizlikni kafolatlay olishmaydi. Starwood mehmonxonalar tarmog‘idan to‘lov axborotlari bilan birga 500 million foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari chiqib ketganida ma’lum bo‘ldiki, himoyaning buzilishi o‘sha kunning o‘zida amalga oshirilmagan. Xakerlar bu ma’lumotlardan bir necha yil mobaynida foydalanib kelishgan, demak – xavfsizlik borasidagi va’dalarning barchasi aldamchi ekan.

O‘QING: Yashirin kamera o‘rnatilgan: ijara kvartiralarida yoki mehmonxonalarda yashirin kamerani qanday topsa bo‘ladi?

2018 yilda shaxsiy turmush daxlsizligini muhofaza etishga qaratilgan yagona harakat – GDPR (General Data Protection Regulation – Shaxsiy ma’lumotlar himoyasi haqidagi bosh reglament) bo‘lib, u ham amaliy foyda bermadi:

  • Kompaniyalar darrov «aylanib o‘tish» yo‘llarini topishdi, baribir kishilarning ma’lumotlarini to‘plash davom etyapti;
  • GDPR direktivasi bilan ishlash imkoni va xohishi yo‘ligi bois, ko‘plab Amerika saytlari (jumladan – media ham) endi Yevropada bloklangan;
  • Foydalanuvchilar cookie texnologiyasining qo‘llanishi haqidagi bema’ni ogohlantirishlar ko‘pligidan nolishmoqda. Ular veb-syorfingni murakkablashtiradi, hatto Opera brauzeri bu kabi bildirishnomalarni cheklash funksiyasini ham ishga tushirdi.

Xulosa: Har bir foydalanuvchi bilishi lozimki, uning shaxsiy ma’lumotlari, shuningdek qayerlarga borganligi, to‘lovlari, yozishmalari va iste’molchi sifatidagi odatlari nafaqat yirik korporatsiyalarga, balki xakerlarga ham ma’lum bo‘lishi mumkin.

  1. ILM-FAN: Qimmatli ma’lumotlarni olish kriptovalyutalar olishdan ustun keldi

2018 yili butun dunyoda kriptovalyutalar rosa shov-shuv bo‘ldi, lekin asosiy resurs baribir axborotlar ekanligi oydinlashdi. Kriptovalyuta mayning qilish («qazib olish») kuchli kompyuterlar tomonidan bajariladigan hisoblash ishlariga tayanadi, ammo ular odam miyasi bajaradigan ishga baribir qodir emas.

Inson miyasi – «xom» axborotlarga qiymat bag‘ishlaydigan yagona jihozdir. Bugungi kunda «sun’iy ong»ni mashq qildirish uchun odamzotning miyasidan foydalanishyapti. Masalan, biror rasmdagi avtomobilning yoki odamning «chegaralarini belgilab» olishni kompyuterga baribir inson o‘rgatmoqda va bu kabi ishlarda millionlab oddiy kishilar mehnatidan foydalanishmoqda. Arzimagan haq evaziga suratlardan ob’yektlarni belgilab ko‘rsatishga ko‘plab oddiy kishilar jalb etilgan bo‘lib, ular kelajak «sun’iy ong»i uchun ulkan ma’lumotlarni yaratishmoqda. Bu xuddi bir zamonlar koloniyalardagi arzon ishchi kuchidan foydalanib zavod-fabrikalarda katta ishlar qilinganiga o‘xshash gap.

Ammo sohaga tegishli malakasi bo‘lmagan kishilarning «sun’iy ong»ga o‘rgatishlari bora-bora kamayadi. Zero kelajakda haydovchisiz avtomobilni boshqaradigan «sun’iy idrok»ka suratdagi svetofor qayerda joylashganini, masalan, Keniyadagi havaskor o‘smir ham o‘rgatishi mumkin. Ammo radiologiya, gistologiya yoki boshqa biror tibbiyot sohasiga oid ma’lumotlarni belgilab ko‘rsatish uning qo‘lidan kelmasligi aniq.

Xulosa: Tezda qaror qabul qilib, o‘z tajribasini shakllantirishga va uni «sun’iy idrok» hamda yarim avtomatlashtirilgan tizimlarga o‘rgatishga qodir bo‘lgan malakali professionallar 2019 yilda ko‘proq kerak bo‘ladi. Ushbu trend yaqin o‘n yil ichida yana o‘sishda davom etadi.

  1. SIYoSAT: Yagona internet endi bo‘lmaydi

Internet ham turli qismlarga ajrala boshlagan. Uni uchta kuch har tomonga tortmoqda:

  • Hukumat. Internetni tartibga solish har xil mamlakatlarda turlicha yo‘lga qo‘yilgan. Qayerdadir ekstremizm taqiqlangan, yana bir joyda repost uchun ham qamashadi, boshqa birida – davlab boshlig‘i haqida tanqidiy fikr bildirganlarni jazolashyapti. Ular turli aloqa kanallarini nazorat ostiga olishga harakat qilishyapti, messenjerlarni bloklashyapti, ayrim hududlarda muayyan saytlar ishlamay qolyapti.
  • Korporatsiyalar. Videotrafik umumiy internet-trafikning katta qismini tashkil eta boshlagach, telekommunikatsion kompaniyalarga tarmoq xolisligi (har xil trafik turlari bir xil maqomga ega bo‘lishi) tamoyili xalaqit bera boshladi. Ular videokontent saytlariga ko‘proq afzallik berishayotir; ko‘p hollarda yirik kompaniyalarning saytlari kichik kompaniyalarnikidan ko‘ra tezroq ochiladi; provayderlar va uyali aloqa operatorlari mijozlarga o‘z hamkorlarining servislarini hamda videokontentni yaxshiroq shartlar evaziga yetkazib bera boshlashgan.
  • Tashqi siyosat. AQSh va Xitoy kabi yirik iqtisodiy derjavalar to‘vnashuvi proteksionizmga olib keladi. Kuchli mamlakatlar va ularning hamkorlari raqamli iqtisodiyotni himoya qilishga o‘tishadi – bu esa sog‘lom mantiqqa ziddir. Bu davlat buyurtmasi asossiz tarzda mahalliy ishlab chiqaruvchilarga tushishida, xorijiy ishlab chiqaruvchilar va dasturchilarning mahsulotlarini kiritmaslikda, mahalliy bozorga yirik transmilliy kompaniyalarning kirib kelishiga to‘sqinlik qilishda, mahalliy o‘yinchilarni o‘rinsiz qo‘llab-quvvatlashda namoyon bo‘ladi va sog‘lom raqobatni o‘ldiradi, iste’molchining tanlash imkoniyatini cheklaydi.

Xulosa: Internet bir-biriga mutlaqo o‘xshamaydigan segmentlarga bo‘linib boryapti. Google sobiq rahbari Erik Shmidt hatto, yaqin yillarda uning ikkita supersegmentga bo‘linishini prognoz qilgan: shartli amerikacha – nisbatan erkin va bozorga mos internet hamda shartli xitoycha – nisbatan qattiqroq boshqariluvchi internet.

  1. TEXNOKRATIYa: Jamiyat asoslarini raqamli uslublar bilan o‘zgartirishga urinish hozircha samara bermayapti

2018 yili kriptovalyutalar narxi bir necha marta tushib ketgani shuni ko‘rsatadiki, faqat texnologik innovatsiyalarning o‘zi bilangina an’anaviy institutlarni, masalan – moliya tizimini almashtirib yoki tubdan takomillashtirib bo‘lmaydi.

Bu holat boshqa istalgan innovatsiyaga ham tegishli:

  • Wikipedia ma’lumotnomalar va ensiklopediyalarning o‘rnini to‘liq bosa olgan bo‘lsa, uning asoschisi Jimmi Ueyls tomonidan yaratilgan WikiTribune faktcheking va yangiliklar resursi baribir OAV yoki yangilik saytlarining o‘rnini bosa olmadi. Bundan tashqari, tezkor, professional va sifatli reaksiya talab etuvchi ayrim turdagi vazifalarni jamiyat qo‘liga topishib bo‘lmasligi ham oydinlashdi.
  • World Wide Web asoschisi Tim Berners-Li shaxsiy ma’lumotlar muhofazasi masalasini zamonaviy detsentralizatsiya hamda dasturiy interfeyslar orqali hal etishga urinib ko‘rdi. Ammo endi aniq bo‘lishicha, uning Solid tizimi ma’lumotlarga g‘araz niyatli dasturchilarning kirib borishini ozmi-ko‘pmi qiyinlashtirishi mumkin, ammo to‘laqonli himoyani kafolatlay olmaydi.
  • Elektron ovoz berish uchun mashinalarning joriy etilishi saylovlar natijalarini soxtalashtirishning yangicha usuliga asos soldi (masalan, AQShning ovoz berish mashinasining himoya tizimini iste’dodli yosh bola buza olgan). Hatto, bugungi oflayn turmushning istalgan yo‘nalishini raqamlashtirish ham mazkur texnologiyalar imkoniyatlarini suiiste’mol qilishga olib kelishini prognoz qilish mumkin.

Xulosa: Oldinlari texnologiyalarni uncha tushunmaydigan boshqaruvchi, yo‘naltiruvchilar zamonaviy texnokratlar bilan ziddiyatga borishardi. Buning sababi – ikki avlod vakillarining o‘zaro tushunmovchiligi bo‘lardi. Endi esa yangi tendensiya kuzatilmoqda: boshqaruvchilar texnologiyalarni tushunishadi, ammo ulardan jamiyat manfaati uchun emas, balki davlatning rolini kuchaytirish uchun foydalanishyapti.

Buning natijalari esa quyidagilarda ayon bo‘lmoqda:

  • Xitoyning ijtimoiy reyting tizimi va raqamli diktaturasi;
  • Rossiyada davlat manfaatlari yo‘lida fuqarolarning yuzlarini tanish bo‘yicha buyurtmalar;
  • Kuchli kriptografiyadan hamda boshqarib bo‘lmaydigan blokcheyn-texnologiyalardan foydalanishni cheklashga urinishlar.

Xullasi kalom, raqamli dunyodagi 2018 yilning asosiy tendensiyalari shulardan iborat. Voqealar rivojini biz bilan birga kuzating.

O‘QING: Shavkat Mirziyoyev: O‘zbekiston to‘liq raqamli iqtisodiyotga o‘tadi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!