Raqamli islohotlarning texnologik poydevori

  •   DiMaX
  •  461
  •  19.01.2021 14:01

Raqamli islohotlarning texnologik poydevori

O‘tgan 2020 yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi uchun sermahsul bo‘ldi. O‘tgan yilda telekommunikatsiya infratuzilmani rivojlantirish borasida ​ keng ko‘lamli ishlar va qator yirik loyihalar amalga oshirildi, deyiladi AKT vazirligi xabarida.

O‘QING: ID-karta uchun Yagona portal orqali ariza topshirish mumkin

Optik tolali aloqa

Qayd etilishicha, optik tolali aloqa liniyalarini qurish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha qator ishlar olib borilmoqda. 2018 yilda optik tolali tarmoqlarning umumiy uzunligi 26,6 ming kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, 2020 yilda esa 68,6 ming kilometrgacha yetkazildi. Joriy yil oxiriga qadar esa ushbu ko‘rsatkichni 118,6 ming kilometrgacha yetkazilishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda 1 millionta internet tarmog‘iga keng polosali ulanish portlari o‘rnatilib, ularning umumiy soni 3 millionga yetkazildi. 2021 yil oxiriga qadar portlarning soni 3,9 milliongacha yetkaziladi.

Mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish quvvatlarni modernizatsiya qilish ishlari natijasida Xalqaro internet tarmog‘iga ulanishning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10 baravar o‘sib, 1 200 Gbit/s.gacha yetkazildi. Ma’lumotlar uzatish tarmog‘ining o‘tkazuvchanlik qobiliyati viloyat markazlari darajasida 2 barobarga, tuman markazlari darajasida esa 4 barobar oshdi.

Mobil aloqa

Mobil aloqa tarmoqlarni rivojlantirish bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda respublika bo‘yicha 31,7 mingdan ortiq mobil aloqa baza stansiyalari mavjud bo‘lib, aholi punktlarni mobil aloqa bilan qamrash darajasi 98 foizgacha yetkazildi. Joriy yilda mobil aloqa baza stansiyalari sonini 33,7 minggacha yetkazilishi va mobil aloqa bilan qamrov darajasini 99 foizgacha ko‘tarilishi rejalashtirilgan.

O‘QING: Operator yana uchta tarifda megabaytlar, daqiqalar va SMS’lar limitlarini ko‘paytirdi!

Internetga ulanish

Ijtimoiy soha ob’yektlarini yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlash doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, respublikada 10 154 ta umumta’lim maktablari, 5 781 ta maktabgacha ta’lim muassasalari va 3 527 ta sog‘liqni saqlash ob’yektlari mavjud bo‘lib, joriy yil 1 dekabr holatiga 7 150 ta (70 foiz) xalq ta’limi, 4 581 ta (80 foiz) maktabgacha ta’lim muassasalari va 2 747 ta (78 foiz) sog‘liqni saqlash ob’yektlariga jami 12 867 kilometr optik tolali aloqa liniyalari tashkil etilgan va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanish imkoniyati yaratilgan.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishi, o‘z navbatida, munosib ravishda ma’lumotlarni saqlash quvvatlarni talab etadi. Shu maqsadda 2020 yilda 5 Petabayt sig‘imli Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazi ushga tushirildi.

Mazkur choralar, birinchi navbatda, asosiy vazifani amalga oshirishga qaratilgan, ya’ni keng ko‘lamli raqamli islohotlarni amalga oshirishga imkon beradigan barqaror va zamonaviy texnologik platformani yaratish, deyiladi xabarda.

O‘QING: O‘zbekistonda internet naq 29 foizga arzonlashdi! (+video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.