Raqamli migratsiya: Instagram'chilar ko‘chishmoqda

Raqamli migratsiya: Instagram'chilar ko‘chishmoqda

Roskomnadzor Instagram ijtimoiy tarmog‘ini Rossiya hududida 14-martgacha to‘liq bloklashini aytib, foydalanuvchilarga o‘z media ma’lumotlarini saqlab olish uchun ikki kun muhlat berishini aytgan edi. Ayni damda, Instagram foydalanuvchilari, blogerlar, mashhur shaxslar va hatto hukumat amaldorlari Telegram kanal ochib, o‘z auditoriyalarini Telegram'ga o‘tishga chaqirishmoqda.

Telegram kanallari bo‘yicha statistik ma’lumotlar ulashib boruvchi tgstat.ru xizmati bergan ma’lumotlarga tayanib, Telegram Analytics'ning xabar berishicha, Instagram'ni blokirovka qilish rejalari e’lon qilinganidan beri rus Telegram kanallariga 40 milliondan ortiq yangi obunachilar qo‘shilgan.


"Millionlab yangi foydalanuvchilar oqimi va har kuni o‘n minglab yangi kanallar yaratilishiga qaramay, Telegram o‘zini yaxshi tutmoqda va barqaror." - deyiladi xabarda.

O‘QING: Instagram'dagi fotosuratlarni saqlab olish uchun 48 soat

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!