RASMAN: 3 noyabrda ayrim iPhone va iPad’larda sana, GPS va Wi-Fi orqali yangilanish buziladi, hoziroq buning oldini oling!

  •   DiMaX
  •  1305
  •  19.10.2019 14:18

RASMAN: 3 noyabrda ayrim iPhone va iPad’larda sana, GPS va Wi-Fi orqali yangilanish buziladi, hoziroq buning oldini oling!

Joriy yilning 3 noyabr sanasi, Toshkent vaqti bilan soat tonggi 05:00 da eski versiyalardagi iOS tizimida ishlayotgan ba’zi iPhone hamda iPad qurilmalarida ayrim nosozliklar bo‘ladi. Bu haqda Apple o‘zining rasmiy sayti orqali foydalanuvchilarni ogohlantirgan.

O‘QING: iPhone gaplashayotganda «tashlab» yuboryaptimi? Qutulish yo‘li oson!

Bu qanaqa muammo?

Kupertinoliklarning ta’kidlashicha, buning sababi – GPS vaqtlarining ko‘chirilish muammosidir; ushbu ko‘chirish GPS’ni qo‘llovchi chet mahsulotlarga 2019 yilning 6 aprelidan ta’sir o‘tkazib kelayotir.

GPS vaqtlarining ko‘chirilish muammosining Apple mahsulotlariga ta’siri esa 3 noyabrda amalga oshadi.

Qaysi modellar?

Ta’kidlanishicha, GPS muammosi quyidagi rusumlarga mansub ayfon va aypadlarga ta’sir etadi:

  1. iPhone 5
  2. iPhone 4s
  3. iPad 4 (Wi-Fi + Cellular)
  4. iPad 2 (Wi-Fi + Cellular)
  5. iPad 3 (Wi-Fi + Cellular)
  6. iPad mini (Wi-Fi + Cellular)

E’tibor bergan bo‘lsangiz, bularning barchasi 2012 yili va undan oldingi modellardir.

O‘QING: Kim qo‘ng‘iroq qilayotganini iPhone’ni qo‘lingizga olmay turib aniqlash yo‘li bor!

Ushbu gadjetlarda yuqorida ta’kidlangan muammolar kelib chiqmasligi uchun, ularni dolzarb iOS talqinigacha yangilab qo‘yish kerak. iPhone 5 hamda iPad 4 modellari uchun hozirda eng yangi versiya iOS 10.3.4 bo‘lsa, qolganlari uchun iOS 9.3.6 talqinidir.

Ayfon yoki aypadingizda qaysi iOS talqini o‘rnatilganini aniqlash uchun «Nastroyki» menyusini ochib, «Osnovnie» bo‘limiga o‘tasiz va «Ob etom ustroystve» bandini ko‘rasiz. Uni so‘nggi versiyasigacha yangilash uchun esa shu yerdagi «Osnovnie» bo‘limidan «Obnovleniye PO» bandiga kirasiz.

O‘QING: iPhone’da batareya quvvatini va internet-trafikni tejashning eng oson yo‘li paydo bo‘ldi!

Xo‘sh, yangilab qo‘ymasangiz nima bo‘ladi?

2019 yilning 3 noyabri, bizning vaqt bilan soat tonggi beshdan boshlab iPhone va iPad’larda quyidagi muammolar yuzaga keladi:

  1. GPS-navigatsiya orqali aniqlanadigan joylashuv o‘rni noto‘g‘ri ko‘rsatiladi.
  2. Ularda joriy vaqt va sana noto‘g‘ri aks ettirilishi mumkin.
  3. Shuning ortidan ayrim funksiyalar, jumladan – iCloud hamda pochta faoliyatida ham nosozlik bo‘lishi mumkin.
  4. Wi-Fi orqali yangilanish imkoni yo‘qoladi. Ya’ni, 3 noyabrgacha operatsion tizimi yangilanmagan ayfon va aypadlarda keyin qandaydir muammo yuzaga kelsa, ularni faqat iTunes yoki Finder orqali yangilash bilan bartaraf etish mumkin bo‘ladi.

Demak, sevimli gadjetingizdan foydalanishda kamchiliklar bo‘lmasligi uchun uni imkon qadar tezroq yangilab qo‘yavering.

O‘QING: «Kelinni kelganda ko‘r...»: iPhone 11’lar bo‘yicha ommaviy shikoyatlar boshlandi