RASMAN: Apple bahorgi taqdimoti sanasini e’lon qildi!

  •   DiMaX
  •  675
  •  12.03.2019 08:17

RASMAN: Apple bahorgi taqdimoti sanasini e’lon qildi!

Kecha – 11 mart kuni Apple o‘zining an’anaviy bahorgi namoyishlar tabdiri sanasini rasman ma’lum etdi. Kutilganidek, ushbu marosim Kaliforniya shtatidagi Stiv Jobs teatrida, 25 mart sanasida o‘tkaziladi.

O‘QING: Apple rahbariga Donald Tramp «yangi familiya tayinladi»! (+«jonli» video)

Kompaniyaning rasmiy saytida ushbu namoyishning uzoq kutilgan rasmiy anonsi – «It's showtime» («Tomosha vaqti keldi») yozuvi paydo bo‘ldi. Bu – Apple’ning yangi iPhone taqdimotiga bag‘ishlanmagan Apple Park’da bo‘lib o‘tuvchi ilk tadbiridir.

Ko‘pchilik tahlilchilar ta’minicha, korporatsiya unda yangi 10 dyuymlik iPad, iPad mini 5, AirPods 2, 7-avlod iPod kabi gadjetlarni, shuningdek, yangilangan dasturiy ta’minot va media-servislarini taqdim etadi. Keyingi bir necha oy davomida Apple o‘z original kontentini yaratib, media-platformasini shakllantirgan.

O‘QING: Apple eng innovatsion kompaniyalar reytingida 1-dan 17-o‘ringa tushib ketdi! (+video)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!