RASMAN: Apple yangi ayfonlarning namoyish kunini aytdi!

  •   DiMaX
  •  1688
  •  30.08.2019 13:48

RASMAN: Apple yangi ayfonlarning namoyish kunini aytdi!

Stiv Jobs asos solgan kompaniya o‘zining kuzgi taqdimot tadbirining sanasini rasman ma’lum qildi. Unda kutilayotgan asosiy yangiliklar – iPhone XR, iPhone XS hamda XS Max davomchilari bo‘lmish smartfonlardir.

O‘QING: Ilk bora: iPhone 11’ni ishlayotgan holida «jonli» videoda ko‘rsatishdi!

Apple allaqachon bu tadbiri uchun jurnalistlarga taklifnoma jo‘natmoqda. Mazkur marosim 10 sentyabr kuni, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da «Stiv Jobs teatri»da bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbirda yangi ayfonlarning «elektron yuragi» bo‘lmish Apple A13 protsessori ham namoyish etilishi kerak. Bundan tashqari, ekrani kattalashtirilgan yangi iPad va iPad Pro planshetlari, 16 dyuymlik MacBook Pro noutbuki hamda yangi avlod Apple Watch ham taqdim qilinishi kutilmoqda.

O‘QING: «Jonli» surat: «Stiv Jobs tirik va Misrda yashirinib olgan!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.