RASMAN: Eng arzon Galaxy M smartfoni 6 dyuymlik ekran va 3400 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

  •   DiMaX
  •  4948
  •  02.01.2019 08:09

RASMAN: Eng arzon Galaxy M smartfoni 6 dyuymlik ekran va 3400 mA/soatlik akkumulyatorga ega!

Samsung kompaniyasi yangi turkumda hamyonbop smartfonlar tayyorlayotganidan xabaringiz bor. Ularning ichida eng arzoni Galaxy M10 (SM-M105) modelidir.

O‘QING: Hamyonbop Galaxy M smartfonlarining narxlari va ayrim jihatlari ma’lum bo‘ldi

Ushbu qurilma haqidagi yangi tafsilotlar AQShning Aloqa federal komissiyasi (FCC) ma’lumotlar bazasida aks etdi. Unga ko‘ra, Galaxy M10 smartfoni korpusining uzunligi 155,7, eni esa – 75,8 millimetrni tashkil etadi. Ekranining o‘lchami diagonaliga 153,2 millimetr ekanligi qayd etilgan, bu esa 6,02 dyuymga teng.

Gadjetning akkumulyatori 3400 mA/soatlik tok sig‘imiga ega EB-BA750ABN batareyasi ekanligi ko‘rsatilgan. Aytish kerakki, Galaxy A8s modelida ham ayni shunday «quvvat toshi» qo‘llangan.

O‘QING: «Teshik» ekranli Galaxy A8s savdoga chiqdi – narxi bilan tanishing!

Galaxy M10 arzon smartfoni Exynos 7870 protsessoriga, 3 GB tezkor va 16-32 GB ichki xotiraga ega ekanligini ham FCC fosh etgan. Shuningdek, bu devaysda Wi-Fi va Bluetooth 4.2 adapterlari mavjud bo‘lib, u Android 8.1 Oreo operatsion tizim talqini boshqaruvi ostida ishlaydi.

Hamyonbop model bo‘lganligi uchun unda qo‘shaloq kamera bo‘lmasligi tabiiy. Uning asosiy kamerasi 13, old kamerasi esa 5 megapiksellik datchikka ega. Barmoq izi skaneri odatdagidek – orqa panelning o‘rtasida joylashishi kutilmoqda, biroq bu sensorning Galaxy M10 modelida mavjudligi hali rasman tasdiqlanmmagan.

Mish-mishlarga qaraganda, Galaxy M10 smartfoni Samsung’ning Hindistondagi zavodida tayyorlanadi. Mazkur qurilmaning rasmiy savdosi ham asosan Hindiston va unga qo‘shni mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Allaqachon dunyo bozoriga taqdim etilgan Samsung smartfonlarini esa Terashop.uz internet-do‘konimizdan 861 000 so‘mdan boshlanuvchi narxlarda onlayn usulda xarid qilish mumkin.

O‘QING: «To‘rtko‘z» Galaxy A9 ham Terashop.uz’ga yetib keldi, Samsung smartfonlarining arzonlashgan narxlari (2018 yil 10 dekabr) – O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.