RASMAN: Geekbench’da 9000 ball to‘plab, Xiaomi va Huawei flagmanlaridan o‘zib ketgan smartfonni keyingi haftadayoq ko‘ramiz!

  •   DiMaX
  •  1026
  •  19.11.2018 17:37

RASMAN: Geekbench’da 9000 ball to‘plab, Xiaomi va Huawei flagmanlaridan o‘zib ketgan smartfonni keyingi haftadayoq ko‘ramiz!

Nubia kompaniyasi o‘zining ikkinchi o‘yinbop telefonini avvalroq Xitoydagi kraudfanding saytida e’lon qilgan, ammo barcha xususiyatlarini oshkor etmagan edi. Kuni kecha mazkur qurilma AnTuTu reytingida 320 mingga yaqin ochko olib, Xiaomi hamda Huawei flagmanlaridan o‘zib ketgandi.

O‘QING: Benchmarkda Xiaomi Black Shark Helo hamda Huawei Mate 20’lardan ustun kelgan flagman bilan tanishing!

Darvoqe, yangi smartfon oldin ko‘pchilik taxmin qilganidek Nubia Red Magic 2 deb ham, kraudfandingdagi kabi Nubia Red Devil deb ham emas, balki Red Magic Mars deb nomlanmoqda. Umuman olganda, oqilona tanlov, chunki Mars – qadim yunon mifologiyasida urush xudosining nomi.

Xullasi kalom, mazkur geymerofon Nubia NX619J nomi ostida Geekbench servisida ham tekshirib ko‘rildi. Bunda yakka yadroli testda u 2375 ball to‘plagan bo‘lsa, barcha yadrolarini ishga solganida 9000 balldan oshiq natija ko‘rsatdi!

Benchmark ma’lumotlar bazasidagi axborotga ko‘ra, unda sinab ko‘rilgan Nubia smartfoni 6 gigabaytlik tezkor xotiraga hamda Android 9.0 Pie operatsion tizimiga ega.

O‘QING: Atigi 230 dollarlik Vivo Z3 – kompaniyaning ilk o‘yinbop smartfoni taqdim etildi

Bundan tashqari, ZTE korporatsiyasining sho‘’ba korxonasi bo‘lmish Nubia kompaniyasi bugun – 19 noyabr kuni mazkur geymerofonning to‘laqonli taqdimot sanasini ham aytdi. Weibo ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilishicha, uni 28 noyabrda ommaga rasman namoyish qilishadi.

Red Magic Mars smartfoni 2160x1080 pikselli (Full HD) cho‘zinchoq displeyga va Snapdragon 845 protsessoriga ega. Uning eng ilg‘or konfiguratsiyasi 10 gigabaytlik tezkor va 256 gigabaytlik doimiy xotirali bo‘lishi aytilgan, yana 8 gigabaytlik «operativka»li talqini ham chiqariladi.

O‘QING: O‘yin smartfonlarining kelajagi porloqmi?

Red Magic Mars smartfoni uchun allaqachon Xitoydagi JD.com kraudfanding maydonchasida oldindan buyurtma qabul qilinmoqda. U yerda geymerofonning 10/256 GBlik xotiraga ega versiyasi uchun 560 AQSh dollari so‘ralmoqda, ammo standart narxi qancha bo‘lishi hozircha noma’lum. Uning asosiy raqibi – Xiaomi Black Shark Helo modelining xuddi shunday – 10/256 gigabaytlik talqini narxi 600 dollardan oshadi.

«Xitoycha Apple»ning ilk geymerofoni – Xiaomi Black Shark modeli esa yaqindagina dunyo bozoriga ham chiqqan bo‘lib, jumladan, Terashop.uz internet-do‘konimizda uning 6/64 GB xotirali, global proshivkali talqinini 3 849 000 so‘m evaziga xarid qilish mumkin.

O‘QING: Terashop.uz’da arzonlashgan Xiaomi smartfonlari narxlari (2018 yil 30 oktyabr) – xaridingiz O‘zbekiston bo‘ylab bepul yetkaziladi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!