RASMAN: hamyonbop Nokia X5 ertagayoq taqdim etiladi!

  •   DiMaX
  •  2260
  •  17.07.2018 14:58

RASMAN: hamyonbop Nokia X5 ertagayoq taqdim etiladi!

HMD Global kompaniyasining Nokia X5 rusumli smartfoni taqdimoti shu kunlarda jahon jamoatchiligi kutayotgan voqealardan biridir. Lekin bu namoyish kechiktirilishi bilan bog‘liq mashmashalar ko‘p bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu model dastlab Xitoyda, Nokia X5 nomi bilan sotuvga chiqariladi, boshqa mamlakat bozorlarida esa u Nokia 5.1 Plus deb nom oladi. Bu qurilma 11 iyulda namoyish etilishi kerak edi, ammo taqdimot marosimiga ikki soatcha qolganda, kompaniya jo‘yali bir sababni aytmasdan, tadbir noma’lum vaqtga qoldirilganini e’lon qildi. Kompaniya vakillari ushbu kutilmagan o‘zgarishni tadbir o‘tkaziladigan joy noto‘g‘ri tanlangani bilan izohlashgan. Lekin muxlislarning ta’kidlashicha, bunga  o‘sha kuni Pekinda qattiq jala quygani sabab bo‘lgan.

O‘QING: Nokia X5 (Nokia 5.1 Plus)ning rasmiy anonsi nega qoldirildi?

Bugun esa HMD Global kompaniyasi Nokia X5 smartfonining yangi taqdimot sanasini Weibo tarmog‘idagi rasmiy akkaunti orqali ma’lum qildi. Unga ko‘ra, bu devays avvalgi rejalashtirilgan joyida, 18 iyul kuni rasman namoyish etiladi.

Nokia X5 yoki Nokia 5.1 Plus’ning texnik xususiyatlariga keladigan bo‘lsak, uning 5.86 dyuymlik ekrani tomonlari o‘zaro 19:9 nisbatida. Displeyning tasvir aniqligi esa HD+ formatida, ya’ni piksellar sig‘imi 1520x720 birlikka teng. Bu smartfon maksimal 2 GGs takt chastotasida ishlovchi sakkiz yadroli MediaTek Helio P60 protsessori bazasida ishlaydi.

Smartfonning 13 megapikselli asosiy kamerasi qo‘sh modulga ega, selfi uchun esa 8 megapikselli old kamera ajratilgan. Nokia X5 tezkor xotrasi 3/4/6 GB, doimiy xotirasi esa 32/64 GB variantlarida chiqariladi. Ushbu hamyonbop smartfonning «quvvat toshi» 3000 mA/soatlik sig‘imga ega.

O‘QING: Nokia X5: MediaTek Helio P60 protsessorida ishlaydigan arzon smartfon

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!