Rasman Huawei P50 seriyasi qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Rasman Huawei P50 seriyasi qachon taqdim etilishi ma’lum bo‘ldi

Huawei kompaniyasi rasman P50 seriyasining taqdimot sanasini e’lon qildi. Ma’lum bo‘lishicha, taqdimot 29 iyul sanasiga belgilangan.

O‘QING: Huawei 90 vattlik tezkor quvvatlash tizimi ustida ishlamoqda

Hozirgacha taqdimot sanasi qachon bo‘lib o‘tishi haqida rasmiy bayonot yo‘q edi. Biroq kompaniyaning rasmiy sahifasi Weibo taqdimot 29 iyulda bo‘lishini tasdiqladi.

Huawei P50 Snapdragon 888 chipi bilan jihozlanishi haqida ma’lumot tarqaldi. Lekin smartfoning Pro hamda Pro+ talqinlari haqida hech qanday ma’lumot yo‘q.

Qurilmalarning texnik jihatlari haqida ma’lumotlar aniq bo‘lmasa-da, P50 seriyasidagi smartfonlar HarmonyOS operatsion tizimida ishlashi aniq bo‘ldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, P50 smartfoni 66 vattda quvvat oladi.

Shuningdek, mish-mishlarda smartfon Sony kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan kameralar bilan jihozlanishi haqida ma’lumot berildi.

O‘QING: Huawei ekranosti selfi kamerali smartfonni patentladi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.